Get Mystery Box with random crypto!

Yandex Go avtomobillar tezligini nazorat qilishni boshladi. En | Marketing bo'limi

Yandex Go avtomobillar tezligini nazorat qilishni boshladi. Endi tezlikni oshirgan haydovchilarning buyurtma qabul qilishi cheklanadi

Yandex Go mashina tezligini monitoring qilish xizmatini ishga tushirdi. Texnologiya haydovchilarning harakat tezligini aniqlash uchun GPS‘dan foydalanadi. Bu haqda Gazeta.uz‘ga tayanib, “Kommers.uz” xabar berdi.

Tizim mashina tezligi oshib ketsa, ilova orqali haydovchini bu haqda ogohlantiradi. Bir nechta ogohlantirishdan keyin esa, haydovchining buyurtmalarni qabul qilish imkoniyati vaqtincha cheklanadi.

Bu kompaniyaning o‘z ishlanmasi bo‘lib, monitoring servis mavjud bo‘lgan barcha yetti shaharda ishlaydi. Texnologiya haydovchining harakat tezligini aniqlash uchun GPS‘dan foydalanadi. Mazkur tezlik marshrutlarni qurish uchun ishlatiladigan navigator bo‘yicha shu yo‘l kesimida ruxsat etilgan maksimal tezlik bilan taqqoslanadi.

“Biz O‘zbekiston shaharlarida xavfsizlikni taʼminlashga katta eʼtibor qaratamiz. Yangi texnologiya haydovchilarga belgilangan tezlikni nazorat qilish va yo‘l-transport hodisalari xavfini kamaytirishga yordam beradi. Boshqa mamlakatlarda avval tezlikni oshirib yurgan haydovchilarning 70 foizdan ortig‘i tizimdagi ikkinchi xabarnomadan so‘ng uni pasaytirganini ko‘rdik”, — degan Yandex Go kompaniyasining Markaziy Osiyo bozorini rivojlantirish bo‘yicha ijrochi direktori Tamirlan Shapiyev.

Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi