Get Mystery Box with random crypto!

​​Pepsi ikkita reklama roligini chiqardi. Ularning ikkisida ha | Marketing bo'limi

​​Pepsi ikkita reklama roligini chiqardi. Ularning ikkisida ham Coca-Cola “eslab o‘tilgan”

Pepsi har yili Ta’mlar jangi o‘tkazishidan xabaringiz bor. Bu yil ham ana’naga sodiq qolindi va reklama roliklar chiqarilmoqda. Pepsi allaqachon ikkita rolik e’lon qildi. Qiziq tarafi shundaki, ikkisida ham Coca-Cola’ga “tekkizish” bor.

Birinchi rolik. Unda tiktokerlar rol o‘ynagan. “Asosiy rol”da repper Abbosee. Syujetga ko‘ra, do‘stlar yig‘ilib o‘tirishadi va zerikkkanda gitarada musiqa chaladi. Yigit chalayotgan va do‘sti hech qancha o‘tmasdan to‘xtatib qo‘ygan musiqaga e’tibor beradigan bo‘lsak, u Cola’ning musiqasi. Bu bir.

Jingalak sochli ko‘chalarda qo‘shiq aytib mashhurlikka erishgan tiktoker muzlatkichni ochadi va u yerda hech qanday logotipsiz, ammo qizil qopqoqli idishda ichimlik turadi. Qizil qopqoqli idishni ko‘rsangiz nima esingizga keladi? Ha, yashang. Bu ikki.

Ikkinchi rolik. Ijroda Abbosee. Bozorda qizil kepka kiyib ichimlik sotib yurgan bolaga Pepsi logotipi tushirilgan bosh kiyim kiydirib ketiladi. Xuddiki, Cola’ning muhlisi Pepsi ichib ko‘rib, narigi tarafga o‘tib ketgandek. Ikkinchi rolikda faqatgina bitta shu joyini payqash mumkin.

Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi