Get Mystery Box with random crypto!

Mark Sukerberg haqida hujjatli film suratga olinadi “Facebook | Marketing Bilim

Mark Sukerberg haqida hujjatli film suratga olinadi

“Facebook” va “Meta” kompaniyasi asoschisi Mark Sukerbergning hayoti haqida hujjatli film suratga olinyapti. Nomi “Sukerberg: Metakoinot qiroli” boʻlib, unga arxivkadrlar, Sukerbergning yaqin insonlaridan olingan intervyular jamlanadi. Filmning umumiy davomiyligi 90 daqiqani tashkil etadi. Maʼlumotlarga koʻra, hujjatli filmga Nik Grin rejissyorlik qilmoqda.

2010 yili “Facebook“ning yaratilish tarixi va uning asoschisi haqida badiiy film namoyish etilgan edi. Jessi Ayzenberg tomonidan suratga olingan kartina toʻrtta nominatsiya boʻyicha “Oltin globus” mukofotini qoʻlga kiritgan. Jahon kinoprokatidan esa 224 mln AQSh dollari miqdorida foyda koʻrgan.

P.S: Buni pulning kuchi deydilar :)

Do'stlarga ulashing
@MarketingBilim