Get Mystery Box with random crypto!

'Nike' kompaniyasi tarixi 1960-1970 yillarda sport poyabzali | Marketing Bilim


"Nike" kompaniyasi tarixi

1960-1970 yillarda sport poyabzali xalqaro bozorida «Adidas» kompaniyasi oldiga tushadigan biron bir raqobatlashadigan firma yo‘q edi. Bu vaqtda bir qancha g‘ayratli yigitlar poyabzal ishlab chiqaruvchi o‘z firmalarini tashkil qilishga, shu yo‘l bilan "kuragi yerga tegmayotgan" bahaybat konsern (ishlab chiqarish korxonasi) bilan bellashishga ahd qildilar. Bu harakatning amalga oshishiga uncha-muncha odamning aqli yetmasdi. Hali rostman tashkiliy ishlar maromiga yetmay turib, ularni tanqid qiluvchilar, kalaka qiluvchilar, ular ustidan goh pinhon, goh oshkora kuluvchilar topilardi. Chunki “bellashuv”siz ham ulkan muammo va qiyinchiliklar yaqqol ko‘zga tashlanib turardi.

Kemaga tushganning joni bir, deganlaridek, tashkilotchilar ko‘p o‘ylandilar. Ishni yuritishga asosan nima to‘sqinlik qilayotganligini aniqlashga kirishdilar. Ko‘p bahs-mulohazalardan so‘ng ulardan biri shunday dedi: "Bizning bu yerdagi hamma gapimiz, agar bilsangiz, sariq chaqaga arzimaydi. Ishimizning sal bo‘lsada, olga siljishiga yordam bermaydi. Ishni qo‘lga olayligu bajaraylik". Sheriklar bir-biriga qarashdi. U nima deyayotganligini anglaganday bo‘lishdi. Rostda! Boshqalar bilan bizning nima ishimiz bor. Ular nima deb vaysasa, vaysab o‘lmaydimi?! Hammamiz o‘z ishimizni bajarishga, shunga javob berishga masʼul bo‘laylik! Xayolparastlikni bas qilaylik! Allaqachon boshlashimiz kerak edi! ISHNI

Bu ilhombaxsh va kinoyaga to‘la achchiq daʼvat yigitlarni jiddiy harakatga keltirdi. Ular "Ol va bajar!" so‘zini firmaning qatʼiy shioriga aylantirdilar. Ular ana shu maqsadda mayka buyurtma berdi. Futbolkaning orqa tomonida “Ol va bajar” degan yozuv bor edi. Shu tarzda ko‘ylaklarini kiyib, ishga kirishdilar.

Bir necha yil o‘tgach, sport oyoq kiyimi ishlab chiqarish bo‘yicha «Nike» dunyoda birinchi o‘rinni ishg‘ol qilib, «Adidas» ni quvib o‘tdi.

Bugungi kunda xam «Nike» kompaniyasi ishchi xodimlari "Ol va bajar!" deb yozilgan mayka kiyishadi.
Bodo Shefer

Do'stlarga ulashing
@MarketingBilim