Get Mystery Box with random crypto!

MARKETING GROUP

Telegram kanalining logotibi marketing_group1_uz — MARKETING GROUP M
Telegram kanalining logotibi marketing_group1_uz — MARKETING GROUP
Kanal manzili: @marketing_group1_uz
Toifalar: Marketing
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 5
Kanalning ta’rifi

🔝 𝐌𝐀𝐑𝐊𝐄𝐓𝐈𝐍𝐆
✅ 𝐌𝐀𝐍𝐀𝐆𝐄𝐌𝐄𝐍𝐓
💸 𝐁𝐈𝐙𝐍𝐄𝐒
👨‍💻 𝐒𝐌𝐌
Bilimlarimiz va tajribalarimizni sizlar bilan ham bo'lishamiz !

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 2

2021-01-15 22:18:51 ​​SOTUV AYLANMALARI VA MIJOZ BILAN BOG'LIQLIK !

Agar siz uzoq muddat xizmat qiladigan mahsulotlarni sotsangiz masalan : avtomobil, maishiy texnika, qurilish texnikalari, ofis texnikalari, ofis jihozlari va mebellari - mijozlaringiz yana sizga qaytib kelishini kutasiz. Ya'ni mijozlarning sizga bo'lgan ehtiyoji uzoq muddatdan keyin yuzaga keladi.

Shuning uchun siz mijozga servis va boshqa xizmatlarni taklif qiling. Masalan : muzlatgich yoki qurilish texnikalari sotgan bo'lsangiz har 6 oyda yoki har 1 yilda servis xizmatini yoki biznesingizdan kelib chiqib qo'shimcha xizmat turi bilan mijozlaringizga murojaat qiling.

Shu bilan mijozni o'zingizga bog'lab olasiz. Mijoz bilan orangizdagi aloqa ushlanib qoladi va vaqt o'tgani sari siz uchun sodiq mijozlar safiga kiradi.
32 viewsedited  19:18
Ochish/sharhlash
2021-01-12 21:06:07 ​​ Biznesda biznes egasining har bir xatosi unga katta tajriba bo’ladi.

Eng asosiysi buni to’g’ri qabul qililb 𝐎𝐋𝐓𝐈𝐍 𝐓𝐀𝐉𝐑𝐈𝐁𝐀 sifatida muxirlashi kerak.

Yeqilgan yo'limiz yoki noto'g'ri qarorimiz bizga doim tajriba bo'lib asqotishi zarur. Muammo darajasiga yetib kelishi kerakEMAS !

Kuchli BIZNESMEN uchun har bir 𝐗𝐀𝐓𝐎 - har bir 𝐃𝐀𝐑𝐒 !

@marketing_group1_uz
42 views18:06
Ochish/sharhlash
2021-01-12 20:47:25 ​​ "Men “𝐇𝐚𝐫𝐰𝐚𝐫𝐝” ga kira olmadim lekin, qo’l ostimda “𝐇𝐚𝐫𝐰𝐚𝐫𝐝”da o’qigan insonlar ishlashadi."

𝐉𝐞𝐤 𝐌𝐚:

Latifadan ham qiziq !

𝐉𝐞𝐤 𝐌𝐚 necha marotaba “𝐇𝐚𝐫𝐰𝐚𝐫𝐝”ga imtixon topshirgan bo’lsa ham barchasida imtixonlardan yeqilgan.

Qanchadan qancha joylarga ishga kirish uchun suhbatga borgan barchasida uni rad etishgan.

Lekin u baribir tas’lim bo’lmasdan o’zini ustida ishlab o’z kompaniyasiga asos solgan !
38 viewsedited  17:47
Ochish/sharhlash
2021-01-09 18:44:50 ​​ Brend menejeri - o'z nomi bilan "brend" mutaxassisi. Ya'ni brendni to'g'ri targ'ib qilish, brendni iste'molchilarga kerakli darajada yoritib berishi zarur.

Brend menejerlari tufayli kompaniyalar va ularning mahsulotlari mijozlar ongidan joy egallaydi.
Brend menejeri brend imidjini yaratadi, uni rivojlantiradi va brenddan foydalanuvchilar ya'ni iste'molchilar brendni sevib qolishiga majburlaydilar qo'shtirnoq ichida !
"Tovar" so'zi ko'pincha mahsulot yoki kompaniya nomi bilan yanglishadi. Ammo tovar belgisi bu nafaqat nom, balki iste'molchi ushbu nomga duch kelganda ongida paydo bo'ladigan bilimlar, hislar va uyushmalar majmuasidir.

Mahsulot shirin sodali suvdir, bunday mahsulot javonda turlicha. Va yana bir brend markasi Coca-Cola. Bu biz uni ongsiz ravishda u bilan bog'laydigan bayramni kutishdir. Shu kutish tufayli biz qizil yorliqli shishani qayta-qayta tanlaymiz va Coca-Cola brendi eng taniqli va eng qimmat o'ntalikda qolmoqda. Bu brend menejeri ishining natijasidir.

Foydali bo'ldi degan umiddaman !
Qo'llab-quvvatlab turgan barchaga alohida RAHMAT !
36 views15:44
Ochish/sharhlash
2021-01-09 13:48:26 ​​Reklama menejeri haqida !

Reklama menejeri kompaniya reklama strategiyasini ishlab chiqadi, amalga oshiradi va reklama tizimini nazorat qiladi.

Shuningdek, ular tashqi savdo vakolatxonalari bilan tuzilgan shartnomalar bo'yicha katta miqdordagi mablag'ni sarflashadi va savdo materiallari, jumladan, ommaviy axborot vositalarini, reklamalarni ishlab chiqish uchun mas'uldirlar.

Odatiy reklama menejeri vazifalari !

Reklama maqsadlarini aniqlash.

Reklama strategiyasini ishlab chiqish.

Mijozlar talabini qondirish uchun zarur bo'lgan maqsadli bozorlar.

Barcha reklama faoliyatini boshqarish.

Zarur bo'lganda, butun reklama bo'limini boshqaring.

An'anaviy va raqamli savdo nuqtalari uchun reklama rejalarini ishlab chiqish.

Barcha ommaviy axborot vositalarining rejalarini amalga oshirishni nazorat qilish.

Marketing va texnik maslahat berish uchun mijozlar bilan uchrashuv.

Reklama, reklama va marketing xodimlarini ishga qabul qilishni kiritish.

Reklama, reklama va marketing xodimlarining kundalik faoliyatini nazorat qilish.
37 views10:48
Ochish/sharhlash
2021-01-07 11:25:40 SMM (Social Media Marketing) - ijtimoiy tarmoqlar marketingi !
Bu mahsulotlar, tovarlar va xizmatlarni ijtimoiy tarmoqlarda tanitish, uni ommaga ko'rsatish va yangi mijozlar oqimini tashkil etish.

Kompaniya yoki brendni ijtimoiy tarmoqlarda ( Instagram, Facebook, Tik Tok, Telegram, You tube va boshqa katta auditoriyaga ega bo'lgan platformalarda) sahifalar ochib uni kerakli ma'lumotlar va postlar bilan to'ldirib, kompaniya brendini reklama qilib, obunachilar sonini ko'paytirib, ular bilan bevosita aloqa o'rnatadi!

Ijtimoiy tarmoqlarda marketing - juda effektiv qurol bo'lib, uning yordamida, ijtimoiy tarmoqlardan, bloglardan, kundaliklardan va forumlardan kompaniyangizga, do'koningizga, sahifangizga mijozlarni, foydalanuvchilarni jalb etish mumkin.

Sizning fikringiz qanday ?
34 viewsedited  08:25
Ochish/sharhlash
2021-01-07 07:52:46 Menejment (ingliz tilidan olingan bo'lib : management) — boshqarish, tashkil etish) — maxsus boshqarish faoliyati: boshqarish toʻgʻrisidagi fan. Menejmentning holati ishlab chiqarish samaradorligiga, texnika va texnologiya darajasi hamda ishchi kuchining sifatiga taʼsir koʻrsatadi. Menejment fanining mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv obʼyekti orasidagi oʻzaro munosabat boʻlib, uning asosiy vazifasi: boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik sanʼati sirlarini oʻrganishdan iborat. Boshqaruv — tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat etish jarayonidir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha boʻgʻinlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat.

Menejment ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqadordir. Menejment dastavval iqtisodiy nazariya fani bilan yaqindan bogʻliq. U iqtisodiy qonunlarni bilib olishga va ularga mos ravishda boshqarish jarayonida iqtisodiy usullarni qoʻllashga, har bir xodimga va jamoaga taʼsir koʻrsatishga asoslanadi. Bir qancha iqtisodiy fanlar: makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, statistika, mehnat iqtisodiyoti kabilar ham menejment bilan chambarchas bogʻliqdir.

Kuchli menejment - kuchli kompaniya quradi !
31 viewsedited  04:52
Ochish/sharhlash
2021-01-06 20:02:35 ​​ Marketing (ingliz tilidan olingan bo'lib: market — bozor, bozordagi harakat, faoliyat) — korxonaning mahsulot ishlab chiqarish va sotishini tashkil etish hamda boshqarish shakli.

Marketing atamasi isteʼmolga 19-asrning 60-yillarida Makkovern tomonidan kiritilgan. Marketing nazariy konsepsiya va tijorat faoliyatining oʻziga xos hodisasi tarzida 20-asr boshlarida Amerika Qo'shma Shtatlari da ilk bor qoʻllanildi.

Keyingi o'zgarishlar va rivojlanish tarixi !

Ishlab chiqarish va kapitalning yuksak darajada toʻplanishi, iqtisodiyot tarmoqlarida monopoliyalar hukmronligining, xalqaro bozorda keskin raqobatning vujudga kelishi mahsulot sotish muammosini obʼyektiv tarzda birinchi oʻringa chiqardi. 1908-yilda AQShda marketing muammolarini oʻrganadigan birinchi ixtisoslashgan firma paydo boʻldi.
1911-yilda esa oʻsha davrdagi bir qator yirik kompaniyalar tijorat tadqiqotlari bilan shugʻullanadigan dastlabki boʻlimlarni ochdi. Kompaniyalar huzurida bozorni oʻrganish, reklama, haridorlarga xizmat koʻrsatish va boshqarishning boshqa vazifalari bilan shugʻullanadigan marketing boʻlimlari taʼsis etila boshlandi.

1931-yilda Amerika Marketing jamiyati, 1937-yilda esa Amerika Marketing milliy uyushmasi tuzildi. 20-asrning 50—60-yillarida xalqaro Marketing federatsiyasi, jamoatchilik fikri hamda marketing boʻyicha Yevropa jamiyati va Yevropa marketing akademiyasi kabi xalqaro marketing tashkilotlari tuzildi.

Asosiy vazifalari !

Bozorni bilish
(isteʼmolchilarni har tomonlama oʻrganish, ularning did va istaklarini bilish), bozorga moslashish, bozorga taʼsir oʻtkazish marketingning asosiy tamoyillaridir. Shuningdek, marketingni qoʻllash bilan bogʻliq masalalarni kompleks ravishda oʻrganish; mahsulot assortimentini rejalashtirish; talabni va savdoga ragʻbat beradigan tadbirlarni shakllantirish; savdo va taqsimot; boshqarish va nazorat qilish marketing faoliyatining mazmunini belgilaydi.

Mutaxassislar marketingning 9 ta asosiy vazifasini koʻrsatib oʻtadilar:
• rejalashtirish va mahsulotni yaratish;
• mahsulotning navi va standartlarini belgilash;
• mahsulot xaridi va uni guruhlashtirish;
• sotish;
• omborga joylash;
• transport xizmati;
• marketing faoliyatini moliyalash;
• xatarlar va bozorga oid axborotlar toʻplash.

Sizga ham foydali bo'ldi degan umiddamiz.
35 views17:02
Ochish/sharhlash
2021-01-05 21:37:33 B.R.R.
Assalomu alaykum hurmatli obunachilar!
Marketing va biznes bo'yicha eng yangi va amalda foyda beradigan bilimlarni sizlar bilan ham o'rtoqlashamiz.
28 views18:37
Ochish/sharhlash