Get Mystery Box with random crypto!

Davlat Test Markazi

Telegram kanalining logotibi markazi_davlat_test — Davlat Test Markazi D
Telegram kanalining logotibi markazi_davlat_test — Davlat Test Markazi
Kanal manzili: @markazi_davlat_test
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 351
Kanalning ta’rifi

Taʼlimga oid eng so‘nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring!
Yangiliklarni norasmiy sahifamizda sodda hamda barcha tushunadigan tilda o‘qib borishingiz mumkin.

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-07-06 07:06:57 Savol:
Texnikumni tugatganlar oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kira olmaydimi ?

Javob: 2022-yil 15-iyun kuni Prezident rahbarligida o‘tkazilgan aholini kasb-hunarga tayyorlashni takomillashtirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida kelgusi yildan texnikumdan oliygohga imtihonsiz kirish mexanizmi bekor qilinishi ma’lum qilingan edi.

Mazkur xabar ayrim abituriyentlar tomonidan endilikda texnikumni tamomlaganlar oliy ta’lim muassasasiga topshira olmas ekan degan mazmunda noto‘g‘ri talqin qilinmoqda ekan.

Bu bo‘yicha shuni ma’lum qilamizki, maktab, akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej, texnikum kabi umumiy o‘rta ta’lim yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini tugatgan barcha o‘quvchilar oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishlari mumkin.
89 views04:06
Ochish/sharhlash
2022-07-06 04:00:48 OMONIM IBORALARGA MISOLLAR...

Barq urmoq I ‐ yashnamoq.
Barq urmoq II -g'oyat tez.

Dunyodan o'tmoq I - yashab o'tmoq
Dunyodan o'tmoq II - qazo qilmoq.

Ichagi uzilmoq I - qotib kulmoq.
Ichagi uzilmoq II - juda ochiqmoq.

Ko'z ilg'amas I - bilinar-bilinmas.
Ko'z ilg'amas II - cheksiz.

Yuragini yormoq I - qo'rqitmoq.
Yuragini yormoq II - dardini aytmoq.
86 views01:00
Ochish/sharhlash
2022-07-05 16:27:06 Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga qabul(5 kundan keyin tugaydi) 10-iyul kuni yakunlanadi

Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 34-son qarori bilan 6 ta oliy ta’lim muassasasiga kirishda chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkazilishi belgilangan.

Unga ko‘ra, 2022-2023-o‘quv yili qabulidan boshlab xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
Samarqand davlat chet tillar instituti;
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining

fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hamda

Toshkent davlat pedagogika universiteti;
Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
Nukus davlat pedagogika institutining

Ijodiy imtihon qanday oʻtkazildi:

Xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida chet tili fanidan tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi.

Mazkur ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 10-iyulga qadar (10-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Shu sababli mazkur ta’lim yo‘nalishlariga topshirish istagida bo‘lgan abituriyentlar 10-iyulga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirishlari lozimligini eslatib o‘tamiz.

Qo‘shimcha ma’lumot: chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirmaydi va ularga chet tili fanidan imtihonlarsiz maksimal ball beriladi.
89 views13:27
Ochish/sharhlash
2022-07-05 16:26:40 Oʻqitilgan fanlar_ilmlar
Aniq tushadi

*Tombuktu_madrasasi*da:
1 Fiqh
2 Tarix
3 Ilohiyot
4 Matematika
5 Astronomiya

*Afina_OTM*larida:
1 Tarix
2 Geografiya
3 Geometriya
4 Astronomiya

Rimda_Grammatika
(oʻrta maktab)da:
1 Tarix
2 Geografiya
3 Geometriya
4 Astronomiya
5 Musiqa

*Asteklarda_xalq_bolalari uchun*
1 Harbiy ish
2 Dehqonchilik
3 Hunarmandchilik

*Asteklarda_zodagonlar farzandlari uchun*
1 Tarix
2 Oʻqish
3 Sheʼriyat
4 Husnixat
5 Hisoblash
6 Astronomiya
7 Notiqlik sanʼati

*Buxoro_xonligi* madrasalarida:
1 Fiqh
2 Mantiq
3 Musiqa
4 Handasa
5 Hisob-kitob
6 Ilohiyot ilmi
7 Sheʼr sanʼati

*Qoʻqon_xonligi* madrasalarida:
1 Tarix
2 Adabiyot
3 Geografiya
4 Matematika

*Buxoro_amirligi* madrasalarida
Tarix
Ilohiyot
Arab tili
Aniq fanlar
Geografiya
Til va adabiyot

*Xiva_xonligi* madrasalarida:
1 Tarix
2 Mantiq
3 Geografiya
4 Matematika
5 Nutq madaniyati
6 Arab tili
79 views13:26
Ochish/sharhlash
2022-07-05 07:55:59 #Qabul2022 #Harbiy
Harbiy OTMlarga topshirgan abituriyentlar diqqatiga!

Joriy yilda ham oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘tkaziladigan test sinovlari bilan bir vaqtda nomzodlar o‘zlari tanlagan hududlarda o‘tkaziladi.

Ularga oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishda test topshiriladigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan harbiy bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarining beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlash huquqi beriladi.

Bunda abituriyent hujjat topshirgan harbiy OTMdagi ta’lim yo‘nalishiga fanlar majmuasi va ketma-ketligi mos bo‘lgan davlat OTMlari va ta’lim yo‘nalishlari dasturda avtomatik tarzda chiqariladi.

Fanlar majmuasi va ketma-ketligi mos bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlari esa chiqarilmaydi. Shu sababli ular my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan vaqtda ularga barcha OTM va ta’lim yo‘nalishlari ko‘rinmaydi.
73 views04:55
Ochish/sharhlash
2022-07-04 15:37:37 #Qabul2022
10-iyul — chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga qabulning so‘nggi kuni

2022-2023-o‘quv yili qabulidan
boshlab xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
Samarqand davlat chet tillar instituti;
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining

fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hamda

Toshkent davlat pedagogika universiteti;
Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
Nukus davlat pedagogika institutining

xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirishda chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi.

Bunda mazkur ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 10-iyulga qadar (10-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Shu sababli mazkur ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar 10-iyulga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirishlari (oldingi yillar bitiruvchilari) lozimligini eslatib o‘tamiz.

Qo‘shimcha ma’lumot: chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirmaydi va ularga chet tili fanidan imtihonlarsiz maksimal ball beriladi.
@IMIUZ
130 views12:37
Ochish/sharhlash
2022-07-04 10:32:10 #Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 3-iyul 18:00 holatiga)

my.dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan (telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazgan) abituriyentlar soni — 255 208 nafar. Shundan:

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlaganlar: 128 856 nafar (50 %);
Taʼlim yo‘nalishlarini tanlamaganlar: 126 352 nafar (50 %).

Tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritganlar — 135 271 nafar. Shundan:

72 612 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
62 659 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

Toshkent viloyati — 16 560 nafar.
Samarqand viloyati — 14 835 nafar.
Farg‘ona viloyati — 12 391 nafar.
Qashqadaryo viloyati — 11 591 nafar.
Toshkent shahri — 11 568 nafar.
Andijon viloyati — 11 532 nafar.
Surxondaryo viloyati — 9 780 nafar.
Namangan viloyati — 7 751 nafar.
Jizzax viloyati — 6 568 nafar.
Buxoro viloyati — 6 543 nafar.
Sirdaryo viloyati — 5 611 nafar.
Navoiy viloyati — 5 561 nafar.
Xorazm viloyati — 5 431 nafar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 3 133 nafar.
136 views07:32
Ochish/sharhlash
2022-07-04 10:31:37 #test_savollari_2022

DTM namunaviy test savollari!

Fan: fransuz tili
Blok: mutaxassislik
Savol: 30 ta

Fayl davlat test markazining rasmiy veb-saytidan yuklab olindi.
119 views07:31
Ochish/sharhlash
2022-07-04 10:30:14 ​​Мақсадли қабул нима дегани ўзи?

Мақсадли қабул – бу маълум бир таълим йўналишида муайян ҳудудлар (масалан, Қашқадарё вилояти, Қарши шаҳри, Шаҳрисабз тумани) учун алоҳида ажратилган давлат гранти асосидаги қабул.

Мисол учун, Андижон вилоятига ажратилган жой учун наманганлик абитуриент ёки бир туманга ажратилган жой учун бошқа тумандаги абитуриентлар мақсадли қабулда қатнаша олмайди.

Мақсадлини танласам нимани йўқотаман ва нимадан ютаман?

Мақсадли қабулни танламаган абитуриентга мазкур таълим йўналиши бўйича фақат умумий танловда иштирок этиш ҳуқуқи берилади.

Мақсадли қабулни танлаган абитуриентга эса мазкур таълим йўналишида умумий танловда ҳам иштирок этиш ҳуқуқи берилади.

Унутманг, амалдаги тартибга кўра мақсадли қабул қилинган талабаларнинг бошқа таълим йўналиши ёки шаклига, бошқа ОТМга ўқишини кўчириш ва қайта тиклаш ҳақидаги аризасига рад жавоби берилади.

Мақсадли қабул квоталари учун қуйидаги тоифадаги абитуриентлар ҳужжат топшира олади:

муайян ҳудудда доимий яшайдиган (паспортдаги маълумоти бўйича);
умумий ўрта мактабни якунлагани тўғрисидаги тегишли ҳужжатга эга бўлганлар (10–11-синфлар негизида);
ўрта махсус, касб-ҳунар маълумоти тўғрисидаги тегишли ҳужжатга эга бўлганлар.

@IMIUZ
113 views07:30
Ochish/sharhlash
2022-07-04 06:38:24 #Qabul2022 #Kvota #Maqsadli
Sog‘liqni saqlash sohasi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti

2022-2023-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida sog‘liqni saqlash sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti (ta’lim yo‘nalishlari va tuman (shahar)lar kesimida).
@IMIUZ
103 views03:38
Ochish/sharhlash