Get Mystery Box with random crypto!

Qòrquv Maqsad Obidjon she'ri Kamoliddin Hoshimov ijrosi Qòr | Maqsad Obidjon ijodi

Qòrquv
Maqsad Obidjon she'ri
Kamoliddin Hoshimov ijrosi

Qòrquv

Onajon, yashayman judayam qòrqib,
Umrimni gunohlar aylagan yaģir.
Bir qultum suv ichib, "Shahodat" oqib,
Uyquga yotmoqlik naqadar oģir...

Qòrqaman. Judayam qòrqaman, ona,
Azroyil boshimda aytmasin ertak!
Biroq har qadamda gumrohman yana,
Yashashdan ham qòrqib qoldim men tentak!

Munofiq bandaman, bir chirkin kimsa,
Haq yòldan adashgan yolg'on sòz bilan.
Kòzi ochilarmi, òģling kòz yumsa?
Yashagim keladi ochiq kòz bilan!

Òģil bòlmayapman otam aytganday,
"Òlimdan qòrqmagin" deydilar kulib.
Olovdan qòrqmayin ,axir, ayt qanday?
Yonishim muqarrar ekanin bilib.

Qòrquvlar qalbimda qurgan boshpana,
Bir qadamim qora, bir qadamim oq.
Men bunday òlishdan qòrqaman ,ona!
Yashashdan ham qòrqib qolganman biroq!


Maqsad Obidjon

Fikrlar kommentga