Get Mystery Box with random crypto!

MANDAT LIVE

Telegram kanalining logotibi mandat_live — MANDAT LIVE M
Telegram kanalining logotibi mandat_live — MANDAT LIVE
Kanal manzili: @mandat_live
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 5.87K
Kanalning ta’rifi

📎Eng so'ngi yangiliklar shu kanalda berib boriladi.
Bizdan uzoqlashmang❄️
Murojatlar uchun 👉 @reklama_uchun_aloqabot

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 4

2022-07-16 10:00:39 ​​ Abituriyentlarga

Testga nimalar olib kirish mumkin?

shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
abituriyent ruxsatnomasi;
kepka yoki panama;
oddiy qoʻl soati (elektron smart-soat mumkin emas);
optik koʻzoynak (boshqa koʻzoynaklar mumkin emas);
pul;
dastroʻmol;
kalit
.

Quyidagilar mumkin emas:

telefon yoki boshqa elektron qurilmalar;
shpargalka, kalkulyator; va h.k.
ruchka (ichkarida beriladi);
suv (ichkarida beriladi);
qoralama qogʻoz (ichkarida beriladi);
Mendeleyev yoki fizik kattaliklar jadvali (ichkarida beriladi);
mashina pulti (kirish postida
)

Abituriyent do'stlaringizga ham yetkazib qo‘ying.

Abituriyentlarga oid eng so‘nggi rasmiy yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring:

https://t.me/mandat_live
1.4K viewsedited  07:00
Ochish/sharhlash
2022-07-16 04:56:20 #DTM_namunaviy_original
#Asosiy_blok

DTM namunaviy test savollari, javoblari bilan

Fan: Ona tili
Savollar soni: 30 ta

dtm.uz

Shu yilgi testlarda shunga o‘xshash savollar tushishi kutilmoqda! Bu habarni do'stlaringizga ham yuboring.

Abituriyentlarga oid eng so‘nggi rasmiy yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring:
https://t.me/mandat_live
2.2K views01:56
Ochish/sharhlash
2022-07-15 18:47:06 ​​#Qabul2022
Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish muddatlari uzaytirildi

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 1-son bayoniga muvofiq 2022-2023-o‘quv yili qabulida abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish muddatlari uzaytirildi.

Unga ko‘ra 2022-2023-o‘quv yili qabulida abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 2022-yil 27-iyulga qadar (27-iyul kuni ham) davom etadi.

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatga olish esa 17-iyulga qadar (17-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Mazkur muddat davomida abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritishlari mumkin.

Bu habarni do'stlaringizga ham yuboring.!!!

Abituriyentlarga oid eng so‘nggi rasmiy yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring:
https://t.me/mandat_live
2.0K viewsedited  15:47
Ochish/sharhlash
2022-07-15 17:29:00 #DTM_namunaviy_original
#majburiy_blok

DTM namunaviy test savollari

Fan: Ona tili
Savollar soni: 10 ta

dtm.uz

Shu yilgi testlarda shunga o‘xshash savollar tushishi kutilmoqda! Bu habarni do'stlaringizga ham yuboring.

Abituriyentlarga oid eng so‘nggi rasmiy yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring:
https://t.me/mandat_live
1.3K views14:29
Ochish/sharhlash
2022-07-15 17:29:00 #DTM_namunaviy_original
#majburiy_blok

DTM namunaviy test savollari

Fan: Matematika
Savollar soni: 10 ta

dtm.uz

Shu yilgi testlarda shunga o‘xshash savollar tushishi kutilmoqda! Bu habarni do'stlaringizga ham yuboring.

Abituriyentlarga oid eng so‘nggi rasmiy yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring:
https://t.me/mandat_live
1.1K views14:29
Ochish/sharhlash
2022-07-15 17:29:00 #DTM_namunaviy_original
#majburiy_blok

DTM namunaviy test savollari

Fan: O'zbekiston tarixi
Savollar soni: 10 ta

dtm.uz

Shu yilgi testlarda shunga o‘xshash savollar tushishi kutilmoqda! Bu habarni do'stlaringizga ham yuboring.

Abituriyentlarga oid eng so‘nggi rasmiy yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring:
https://t.me/mandat_live
1.7K views14:29
Ochish/sharhlash
2022-07-15 07:30:00 #Qabul2022 #Perevod2022

Bugundan boshlab o‘qishni "perevod" qilish uchun arizalar qabul qilish boshlanadi.

Joriy o‘quv yili uchun talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash bo‘yicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi:

transfer.edu.uz hamda my.dtm.uz — respublika OTMlararo yoki bir OTM doirasida ko‘chirish, qayta tiklash bo‘yicha arizalar;

transfer.dtm.uz — xorijiy mamlakatlardagi hamda O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMdan respublika OTMga ko‘chirish bo‘yicha arizalar.

Ro‘yxatdan o‘tish 2022 yil 15 iyuldan 5 avgustgacha (shu kuni ham) davom etadi.

Kerakli hujjatlar:
• Ariza
• Pasport (jpg yoki pdf shakli)
• Transkript yoki reyting daftarchasi (jpg yoki pdf shakli)
• Akademik ma’lumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun)

Eslatma: Joriy yildan boshlab faqatgina 2 toifa talabalargagina ichki perevod uchun o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi.

Bu yangilikdan do'stlarni ham habardor qilish uchun do'stlarga yuboring!

Bo'lajak talabalar safiga
qo'shiling

@Mandat_Live
1.1K views04:30
Ochish/sharhlash
2022-07-15 07:00:05 #Qabul2022

Kimlar test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirmaydi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son qarori va 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son Farmoniga muvofiq quyidagi abituriyentlar test sinovi uchun to‘lovdan ozod etilgan:
− test sinovlari tashkil etilayotgan yilda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar;
− nogironligi bo‘lgan shaxslar;
− to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar (“Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari);
− “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
− “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar;
− imtiyoz asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri talabalikka tavsiya etiladigan abituriyentlar.

Bu yangilikdan do'stlarni ham habardor qilish uchun do'stlarga yuboring!

Bo'lajak talabalar safiga
qo'shiling

@Mandat_Live
1.3K views04:00
Ochish/sharhlash
2022-07-15 05:03:24 #Qabul2022

2022-yilda yangi tashkil etilgan ta'lim yo'nalishlari va ularga mos fanlar majmuasi ushbu faylda .

Bu yangilikdan do'stlarni ham habardor qilish uchun do'stlarga yuboring!

Bo'lajak talabalar safiga qo'shiling
@Mandat_Live
1.7K views02:03
Ochish/sharhlash
2022-07-15 05:00:01 ​​ Beshta yo‘nalishni tanlash

Joriy yilgi test sinovlarida ham beshtagacha ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati mavjud

5ta yo‘nalish degani, 5ta OTM degani emas. Ya’ni abituriyent albatta 5ta universitet yoki institutni tanlashi shart emas. Bitta OTMning 5ta yo‘nalishini tanlash ham mumkin;

5ta yo‘nalish tanlayotganda eng asosiy 1 ta shart bor: mutaxassislik blokidagi fanlar ketma-ketligi mos kelishi kerak.

fanlar ketma-ketligi mos bo‘lsin deganda, 3,1 va 2,1 ball beriladigan 2 ta fan to‘g‘ri ketma-ketlikda joylashishi kerak.

Joriy yildan ta’lim shakli bir xil bo‘lishi shart emas. Ya’ni endi bir paytning o‘zida ham sirtqi, ham kunduzgi, ham kechki, ham masofaviy ta’limni tanlash mumkin.

Ijodiy (kasbiy) imtihon topshiriladigan yo‘nalishlarda faqat bitta yo‘nalish tanlash mumkin, 5tagacha yo‘nalish tanlab bo‘lmaydi. Bu cheklov ham ijodiy, ham test topshiriladigan yo‘nalishlarga ham taalluqli;

Magistraturada ham faqat 1 ta mutaxassislik tanlash mumkin;

5ta yo‘nalishlarni tanlayotganingizda ahamiyatliroq bo‘ling. Chunki tanlangan birinchi yo‘nalish ustunlikka ega. Ya’ni siz javoblar chiqqandan keyin balim yetgan istalgan yo‘nalishni o‘zim tanlayman, deb xato o‘ylamang. Mandatdan keyin qayerda o‘qishni tanlay olmaysiz, buni hujjat topshirayotganda yaxshilab o‘ylang. Siz tanlagan ketma-ketlik bo‘yicha tizimning o‘zi qayerga kirganingizni avtomat chiqarib beradi. Javoblar chiqqach, “men ikkinchi yo‘nalishda emas, to‘rtinchisida o‘qimoqchiman” deya olmaysiz.

Bu habarni do'stlaringizga ham yuboring foydasi tegsa hursandmiz!

Abituriyentlarga oid eng so‘nggi rasmiy yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring:
@Mandat_Live
1.1K viewsedited  02:00
Ochish/sharhlash