Get Mystery Box with random crypto!

​​ Beshta yo‘nalishni tanlash Joriy yilgi test sinovlarida ha | MANDAT LIVE

​​ Beshta yo‘nalishni tanlash

Joriy yilgi test sinovlarida ham beshtagacha ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati mavjud

5ta yo‘nalish degani, 5ta OTM degani emas. Ya’ni abituriyent albatta 5ta universitet yoki institutni tanlashi shart emas. Bitta OTMning 5ta yo‘nalishini tanlash ham mumkin;

5ta yo‘nalish tanlayotganda eng asosiy 1 ta shart bor: mutaxassislik blokidagi fanlar ketma-ketligi mos kelishi kerak.

fanlar ketma-ketligi mos bo‘lsin deganda, 3,1 va 2,1 ball beriladigan 2 ta fan to‘g‘ri ketma-ketlikda joylashishi kerak.

Joriy yildan ta’lim shakli bir xil bo‘lishi shart emas. Ya’ni endi bir paytning o‘zida ham sirtqi, ham kunduzgi, ham kechki, ham masofaviy ta’limni tanlash mumkin.

Ijodiy (kasbiy) imtihon topshiriladigan yo‘nalishlarda faqat bitta yo‘nalish tanlash mumkin, 5tagacha yo‘nalish tanlab bo‘lmaydi. Bu cheklov ham ijodiy, ham test topshiriladigan yo‘nalishlarga ham taalluqli;

Magistraturada ham faqat 1 ta mutaxassislik tanlash mumkin;

5ta yo‘nalishlarni tanlayotganingizda ahamiyatliroq bo‘ling. Chunki tanlangan birinchi yo‘nalish ustunlikka ega. Ya’ni siz javoblar chiqqandan keyin balim yetgan istalgan yo‘nalishni o‘zim tanlayman, deb xato o‘ylamang. Mandatdan keyin qayerda o‘qishni tanlay olmaysiz, buni hujjat topshirayotganda yaxshilab o‘ylang. Siz tanlagan ketma-ketlik bo‘yicha tizimning o‘zi qayerga kirganingizni avtomat chiqarib beradi. Javoblar chiqqach, “men ikkinchi yo‘nalishda emas, to‘rtinchisida o‘qimoqchiman” deya olmaysiz.

Bu habarni do'stlaringizga ham yuboring foydasi tegsa hursandmiz!

Abituriyentlarga oid eng so‘nggi rasmiy yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring:
@Mandat_Live