Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ken | MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi tomonidan 2024-yil 21-fevralda «Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya qoidalarini amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekistonning Beshinchi davriy ma’ruzasi yuzasidan BMTning Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi tavsiyalarini amaliyotga tatbiq etish to‘g‘risida»gi qo‘shma qaror qabul qilindi. Mazkur qo‘shma qaror ijroga qaratilib, BMTning Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi tavsiyalari amaliyotga izchil tatbiq etilmoqda.

Davlat bolaning shaxsi, uy-joyi daxlsizligini, xat-xabarlari sir tutilishini ta’minlaydi hamda bolani ekspluatatsiya va zo‘ravonlikning barcha shakllaridan, shu jumladan jismoniy, ruhiy va jinsiy zo‘ravonlikdan, qiynoqlarga solishdan yoki shafqatsiz, qo‘pol yoxud inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa shakldagi muomaladan, shahvoniy shilqimliklardan, huquqbuzarliklar va g‘ayriijtimoiy harakatlar sodir etishga jalb etilishidan himoya qilinishini amalga oshiradi.

Shuningdek, davlat bolalarni tarbiyalayotgan oilalarni qo‘llab-quvvatlashni kafolatlaydi, qonunchilikda belgilangan tartibda ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlaydi. Bolaning bepul majburiy umumiy o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus ta’lim olishi kafolatlanadi.
Bundan tashqari, 2024-yil 29-fevralda «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Qonunga ko‘ra, Bola huquqlari bo‘yicha vakil mansabdor shaxs bo‘lib, u davlat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan bola huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshiradi.

Xulosa qilib aytganda, bolalar huquqlarini kafolatlash va ularni xalqaro standartlar va milliy mexanizmlar orqali amalga oshirish har bir bolaning adolatli va manfaatli rivojlanishini ta’minlashning ajralmas qismi hisoblanadi. Shuning uchun bola huquqlari tom ma’noda himoya etiladigan va hurmat qilinadigan maqbul muhitni yaratish uchun faqat davlat tashkilotlarining bu boradagi faoliyati bilan cheklanib qolmasdan, jamiyatimizning barcha qatlamlarida doimiy sa’y-harakatlarni birlashtirish va o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish taqozo etiladi.

Zafar PRIMQULOV,
kapitan.

Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

Рус тилида ўқинг / Читать по русски

2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular