Get Mystery Box with random crypto!

Hozirgi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatn | MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

Hozirgi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlar faoliyatini muvofiqlash¬tirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashi hamda Qoraqal¬pog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy kengashlar faoliyat yuritmoqda. Shu bilan birga, mamlakat parlamenti – Oliy Majlisning ikkala palatasida ham Korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitalari tashkil etilgan.

Ichki ishlar vazirligi mamlakatimizdagi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlaridan biridir. Vazirlik o‘z vakolatlari doirasida «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonunning 11-moddasiga muvofiq:

– korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

– korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha tezkor-qidiruv faoliyatini, tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni va dastlabki tergovni amalga oshiradi;

– korrupsiyaning holati va korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari to‘g‘risidagi axborotni yig‘adi hamda tahlil qiladi, tegishli davlat organlariga zarur axborotni taqdim etadi;

– jismoniy va yuridik shaxs¬larning korrupsiya faktlariga doir murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ularning bu¬zilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish choralarini ko‘radi;

– aholi o‘rtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkam¬lashga qaratilgan huquqiy targ‘ibotga doir faoliyatda ishtirok etadi;

– korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning o‘z vaq¬tida oldi olinishini, aniqlanishini va ularga chek qo‘yilishini ta’minlashga, ularning oqibatlarini, shuningdek, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir tadbirlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi va h.k.

Ochiqlik va oshkoralik ichki ishlar organlari faoliyatida korrupsiyaning oldini olishda muhim tamoyil hisoblanadi. Shu bois, boshqa davlat organlarida bo‘lgani kabi, qaror qabul qilish jarayonlarining shaffofligini ta’minlash maqsadida elektron axborot tizimi joriy etilib, kadrlar tanlashning ochiq tizimi yaratilgan. Qolaversa, qonun hujjatlariga muvofiq, jismoniy va yuridik shaxslar ichki ishlar organlari faoliyati to‘g‘risida, shu¬ningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, qo¬nuniy manfaatlariga bevosita daxldor bo‘lgan ishonchli axborotni belgilangan tartibda olish imkoniga ega.

Korrupsiyaga qarshi kurashish – mamlakat kelajagi bilan bevosita bog‘liq masala. Shunday ekan, bu illatga qarshi kurashishga barcha davlat organlari, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, umuman, har bir fuqaro safarbar etil¬mog‘i zarur. Ana shundagina ko‘zlangan maqsadga
erishiladi.

Kamol OLLOYOROV tayyorladi.

Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qingh

Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

Рус тилида ўқинг / Читать по русски

2023 йил барча мавзулар /  2023 yil barcha mavzular