Get Mystery Box with random crypto!

To'yib Iymon halovatidan Ichib Rayyon buloqlaridan Tinglab Ras | Ma'nolı_Statuslar...

To'yib Iymon halovatidan
Ichib Rayyon buloqlaridan
Tinglab Rasul hitoblaridan
Men ham Jannat ahlidan bo‘lsam!
S.A.V

Qildim guhoh bilib bilmayin
Tovba qilay bugun tinmayin
Shirk keltirmay,dilga ilmayin
Men ham jannat ahlidan bo'lsam!

Ozor qalblar taskin topsinlar
Uzr so'ray yetib borsinlar
Umrim tugab yakun topsinlar
Men ham jannat ahlidan bo'lsam!

Sahobalar albat ko'rardim
Suxbatidan zavqqa to'lardim
Quvongandan telba bo'lardim
Men ham jannat ahlidan bo'lsam

Hadislarni sahihin bilib
Farzlariga amalim qilib
Farzandlarim qoriya qilib
Men ham jannat ahlidan bo'lsam!

Shahodatim chiqsin tilimga
Iymon naqshi bordir dilimga
Tashna bo'lay doim ilmga
Men ham jannat ahlidan bo'lsam!

Bordir so'zim Rasulullohga
Zordir ko'zim Nabiyullohga
Tilagim shu qodir Allohga
Men ham jannat ahlidan bo'lsam!

Ota onam jigarlar bilan
Qarindoshu,dilbandlar bilan
Barcha mo'min musulmon bilan
Men ham jannat ahlidan bo'lsam


ILYOSBEK

@Sheriyat