Get Mystery Box with random crypto!

Rasulim kelmasimdan ketib qolgasiz Dunyo sinovlida, siyladi | Ma'nolı_Statuslar...

Rasulim kelmasimdan ketib qolgasiz


Dunyo sinovlida, siyladi sizni,
Alloh elchi etib sayladi sizni.
Ko'rmoq oxiratda qoldimi sizni,
Kelmasimdan... Ketib qolgansiz

Qidiraman bosgan izlaringzni,
Mushki ambar hidlaringzni,
Qoldirib e voh sunnatingizni,
Kelmasimdan... Ketib qolgansiz

Jonim fido yo Rasululloh
Umrim fido yo Rasululloh
Shafoat qilaman deb Insha Allah
Kelmasimdan... ketib qolgansiz

Tushda ko'rmoq istab tunimda,
Siymongizni kelmas uyqumda.
G'azotlarda qiynalib onda,
Kelmasimdan...Ketib qolgansiz

Abu Bakr hitobi meni uyg'otti,
Bilol Azon aytolmay o'zni yo'qotti,
Umarni tizzasi yer tuproq botti,
Kelmasimdan... ketib qolgansiz

Kecaqalar qoim kunduz soimsiz,
Olamga nur sochgan oyimisiz.
So'nggi so'zi ummatim degan oliysiz,
Rasulim kelmasimdan ketib qolgansiz

Sizga bordir uzrim mani,
Ozdir qilgan amalim mani,
Quchsamu jonimni topshirsam qani...
Kelmasimdan ketib qolgansiz

Sallollohu alayhi vasallam

ILYOSBEK

Muallif va Ijrochi:

ILYOSBEK

@Sheriyat