Get Mystery Box with random crypto!

Nafsdir Iymon kushandasi Bintu Abdulloh: Dunyo deya boqqanda | Ma'nolı_Statuslar...

Nafsdir Iymon kushandasi

Bintu Abdulloh:
Dunyo deya boqqanda ko'z,
Yo'qolganda o'zlikdan o'z,
Ozij qolar har bandasi,
Nafsdir iymon kushandasi...

ILYOSBEK:
Berganini qilar minnat
Bu Illatmi yoki hikmat
Qora qilar dil pardasi
Nafsdir iymon kushandasi...

Bintu Abdulloh
Mehr pulda ming o'lchanar,
Nayrangbozlar kuyin chalar,
G'irrom qo'lda hayot nardasi,
Nafsdur iymon kushandasi...

ILYOSBEK:
Qara deydi nomahramga
Kirsin deydi boshing g'amga.
Gunohlarni u darchasi.
Nafsdir iymon kushandasi

Bintu Abdulloh:
Er o'zgaga shirin so'zlab,
Ayol sarson mehr izlab,
Ko'plab nikoh sharmandasi,
Nafsdur iymon kushandasi

ILYOSBEK:
Qul bo'lsin deb u mo'ltirar
Yolgon so'zga chomiltirar
Soxta so'zlar savatchasi
Nafsdir iymon kushandasi

Bintu Abdulloh:
Tig'dek botar aytar so'zi,
Majruh bazan qalbning ko'zi,
Ortdan shayton jim handasi,
Nafsdur iymon kushandasi...

ILYOSBEK:
Ko'p Xilma xil uni yo'li
Gulzor deydi asli cho'li
Sayoz dillar Sarkardasi
Nafsdir iymon kushandasi


ILYOSBEK
Bintu Abdulloh

@Sheriyat