Get Mystery Box with random crypto!

Maktablar uchun hujjatlar

Telegram kanalining logotibi maktablar_uchun_hujjatlar — Maktablar uchun hujjatlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 47.75K
Kanalning ta’rifi

Rahbar ish rejalar, Yillik dars ishlanmalar
📕 Ish rejalar 📀 Slaydlar ✅ Chorakli testlar
♻️ Ko'rgazmalar ⚜️Senariylar🔶To'garaklar
👤Admin bilan bog'lanish 👉 @nza456
💰Veb-sayitimiz: 👉 zokirjon.com
Reklama hizmati 👉 @nza456

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 11

2022-08-10 18:41:12 Ustozlar Milliy forumi fanlar kesimida, sho'balarda davom etadi.

Forumni YouTube da quyidagi linklar orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Boshlang'ich ta'lim sho'basi




Til va adabiyot




Chet tillari




Aniq fanlar




Tabiiy fanlar




Ijtimoiy fanlar




Amaliy fanlar




Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
1.2K views15:41
Ochish/sharhlash
2022-08-10 18:41:12 ​​#Ayni_vaqtda
#Ustozlar_milliy_forumi
Doston Siddikov :"“Shart shart” aytiladigan muammolardan, yutuqlarimiz ogʻirlik qilyapti"

Bir vaqtlar, endi ish boshlaganimda, “qaniydi meni ham shunday joylarga taklif etishsa-yu, muammolarni shart shart aytsam” deb orzu qilardim. Lekin oʻsha “shart shart” aytiladigan muammolardan, yutuqlarimiz ogʻirlik qilyapti…

Ayni paytda, Oʻzbekistonda yashab, ishlamasam ham, yurtimizdagi oʻzgarishlar, ayniqsa taʼlimdagi islohotlarni doimiy kuzatib kelaman. Bir nechta davlatlarda, ularning taʼlim tizimini oʻrgangan mutaxassis sifatida aytishim mumkinki, qilinayotgan ishlar, yangiliklar, bunday eʼtibor koʻpgina davlatlarning orzusi hisoblanadi.

Ovqat qilishni bilmaydigan odamga ming xil masalliq bering, ovqati koʻngildagidek chiqmasligi aniq. Lekin Professional oshpaz bir nechta masalliq bilan antiqa taomlar tayyorlashi hech kimga sir emas. Bizga, oʻqituvchilarga berilayotgan “masalliqlar” bilan nafaqat milliy, balki, yevropacha “ovqatlar” qilishga yetadigan davrlarga yetib keldik.

Hozirgi berilayotganlar “masalliqlar” ichida butunlay biz uchun yangi narsalar bor, ulardan foydalanish uchun esa, bizdan koʻproq oʻz ustimizda ishlash talab etiladi.

_ Doston Siddikov, Vietnamda Vinchool Imperia xalqaro maktabida Ingliz tili fani o’qituvchi

_Kanalga obuna bo'lis
h:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
867 views15:41
Ochish/sharhlash
2022-08-10 18:41:12
#Ayni_vaqtda
#Ustozlar_milliy_forumidan

Oʻzgaruvchan dunyo, texnologik taraqqiyot davrida atrof-muhitning zararlanishi, butun dunyo boʻylab mojarolarning kuchayishi va COVIDning qayta tarqalish dolzarbligi bizni butun taʼlim tizimini qayta koʻrib chiqishga va qayta tasavvur qilishga majbur qildi.

Oʻqituvchilar bu muhim jarayonda qudratli kuchlardan biridir. Biz taʼlim sifatini faqat ularni tayyorlash, maqomi, mehnat sharoitlarini yaxshilash va ularga motivatsiya berish orqali oshirishimiz mumkin.

Taʼlimni oʻzgartirish uchun oʻqituvchilarning rolini bilim beruvchidan bilim ishlab chiqaruvchisigacha qayta tasavvur qilish orqali bunga erisha olamiz.

Sara Noshadi, YUNESKOning O'zbekistondagi vakili

Kanalga obuna bo'lish:

Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
761 views15:41
Ochish/sharhlash
2022-08-10 18:41:12
#Ayni_vaqtda
#Ustozlar_milliy_forumi
Har bir maktabning o'z oliy maqsadi bo'lishi kerak

Darsdan tashqarida beriladigan bilimlar, kerak boʻlsa darsda berilgan bilimlardan ham koʻra muhim. Sababi, darsdan tashqarida olingan bilimlar o'quvchilarni akademik mustaqil bo'lishiga xizmat qiladi.

Har bir maktabning o'z oliy maqsadi bo'lishi kerak va o'quvchilarni shunga tayyorlashi kerak.

Bill Kralovek, Toshkent xalqaro maktabi direktori

Kanalga obuna bo'lish:

Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
717 views15:41
Ochish/sharhlash
2022-08-10 18:41:12
#Ayni_vaqtda
#Ustozlar_milliy_forumidan
Biz ham yaxshi gʻoyalarni boshqalardan oldik, ammo bularni oʻzimizga moslashtira oldik

Mavzular dastlab taʼrifli tushuntirish va buni tasdiqlovchi misollar bilan boshlanadigan koʻpgina anʼanaviy darsliklardan farqli oʻlaroq, amalda samarali deb baholangan matematikni oʻrganish nazariyalari jumladan:

• Skempning instrumental va aloqador tushunish nazariyasi
• Vygotskiyning ijtimoiy konstruktivizm nazariyasi
• Jerom Brunerning uchta vakillik usuli va spiral oʻquv dasturi
• Zoltan Pol Dienning oʻzgaruvchanlik tamoyillari

kabi pedagogik yondashuvlardan foydalanish oʻquvchilarni matematik tushunchalar va formulalarni kashf etishga yoʻnaltiradi.

Darslikda, shuningdek, oʻquv tajribalari, AKT, kodlash, 4 bosqichli muammolarni yechish modeli va real dunyo kontekstidagi muammolarni aks ettirish ham matematikadagi muvaffaqiyatli taʼlim omillaridan hisoblanadi.

Choy Ban Heng, Nanyang Texnologiya Universiteti, Milliy Ta'lim Institutining matematika professori
706 views15:41
Ochish/sharhlash
2022-08-10 18:41:12
#Ayni_vaqtda
#Ustozlar_milliy_forumi

PISA tadqiqotlari natijalari shuni koʻrsatmoqdaki, taʼlim sifati sinfdagi oʻquvchilar sonidan koʻra koʻproq oʻqituvching mahoratiga bogʻliq ekan.

Misol uchun, Vyetnamda sinflardagi bolalar soni 40 tani, Xitoyda 42 tani tashkil etsa-da, bu mamlakatlarning PISA natijalari sinfdagi bolalar soni ancha kam boʻlgan Sharqiy Yevropa mamlakatlari bilan bir xil.

Laziz Xo'jaqulov, Taʼlim sifati jarayonlarini muvofiqlashtirish departamenti direktori

Kanalga obuna bo'lish:

Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
702 views15:41
Ochish/sharhlash
2022-08-10 18:41:12
#Ayni_vaqtda
#Ustozlar_milliy_forumidan

Ta'lim tizimidagi xodimlarining imkoniyatlarini kengaytirish bo'yicha global miqyosda qilinishi kerak bo'lgan ishlarning 3 tasini ma`ruzam xulosasi sifatida aytib o'tmoqchiman:

- O'qituvchilarning maqomini va ularning mehnat sharoitlarini yaxshilash;

- O'qituvchilarning kasbiy malakasi va tajribasini oshirish;

- O'qituvchilarni moliyalashtirishni yaxshilash;

Yuqorida keltirilgan tavsiyalardan maqsad: malakali ta'lim xodimlarini rag'batlantirish va qo'llab-quvvatlash.

Karlos Vargas Tames, YUNESKOning O'qituvchilar malakasini oshirish bo'lim boshlig'i, xalqaro ta'lim siyosati bo'yicha ekspert

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
712 views15:41
Ochish/sharhlash
2022-08-10 18:41:12
#Ayni_vaqtda
#Ustozlar_milliy_forumidan

Xalq taʼlimi tizimidagi muammolar faqatgina Xalq taʼlimi vazirligi harakatlari bilan hal boʻlib qolmaydi. Taʼlim tizimi millionlab kishilarni birlashtirgan zanjir. Bu zanjirning bittasi uzilib qolsa ham tizim buziladi.

Shuning uchun, aziz ustozlar kichik bir oʻzgarish qilish uchun ham har birimiz harakat qilishimiz kerak.

Baxtiyor Saidov, Xalq ta'limi vaziri

Kanalga obuna bo'lish:

Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
738 views15:41
Ochish/sharhlash
2022-08-10 18:41:11
Президентимиз Шавкат Мирзиёев Ҳиндистоннинг Ченнай шаҳрида бўлиб ўтган 44-Бутунжаҳон шахмат олимпиадасида чемпионликни қўлга киритган жамоамиз билан телефон орқали мулоқот қилиб, уларни ушбу буюк ғалаба билан қизғин табриклади.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
946 views15:41
Ochish/sharhlash