Get Mystery Box with random crypto!

8-MART KUNI HAQIDAGI AJOYIB FAKTLAR 8-mart kuni dunyoning qat | MAKTAB️

8-MART KUNI HAQIDAGI AJOYIB FAKTLAR

8-mart kuni dunyoning qator davlatlarida bayram sifatida nishonlanadi. Jumladan, O‘zbekiston hududida ham. bu kunning tarixi haqida turli-tuman taxminlar, mishmishlar va afsonalar yuradi. o‘tmishga nazar solsak, 8-mart haqida hali biz eshitmagan ma’lumotlar talaygina ekanligiga guvoh bo‘lamiz.

1) 1914-yil boshida Xalqaro xotin-qizlar kuni birinchi marta rasmiy bayram sifatida kiritildi.

2) 1909-yilning 28-fevral kuni AQSH ilk bor Ayollar kunini nishonladi.

3) 1911-yilda Daniya, Avstriya, Shveysariya va Germaniya Ayollar kunini nishonlashni boshladi.

4) 1913-yildan e’tiboran Xalqaro ayollar kuni 8-martga ko‘chirildi.

5) Avval bu bayram 23-fevralda nishonlangan.

6) 2000-yildan boshlab dunyoning aksari davlatlarida Xalqaro ayollar kuni rasmiy bayram sifatida qabul qilindi.

7) Avstraliyada ilk bor bu bayram 1911-yilning 19-martida nishonlangan.

8) Aynan shu kuni jahonda ilk bor ayollarning norozilik namoyishlari va mitingi boshlandi.

9) 1956-yildan e’tiboran ushbu sana dam olish kuni deya tasdiqlandi.

10) Qadimgi Rimda ham bu bayram nishonlangani haqida ma’lumotlar mavjud.

11) Bu bayramni jahonning 31 ta davlati rasmiy ravishda nishonlaydi.

12) 8-mart Suriyada “Revolyutsiya kuni” sifatida nishonlanadi.

13) 1910-yil Daniyaning Kopengagen shahrida Klara Setkin ushbu kunni Xalqaro xotin-qizlar kuni sifatida nishonlashni taklif qilib chiqdi. 

14) Bu kun Armanistonda “Onalar kuni” sifatida bayram qilinadi.

15) 1914 yildan boshlabgina 8-mart  bayram sifatida rasmiy qabul qilingan.

16) Statistikaga ko‘ra, 100 nafar odamdan faqat 4 nafari ushbu bayramni restoranda nishonlashni istaydi.

17) “8-mart” degan atir faqat sobiq ittifoqda bo‘lgan.

18) Daniyaning Kopingagen shahri ushbu bayram asoschisi deya e’tirof etiladi

19) 1702 yilning 8-martida Anna Buyuk Britaniyaning qirolichasi bo‘lgan bo‘lsa, 1728 yilning shu kunida Pyotr II Rossiya imperiyasining taxtiga keldi.

20) 1968 yilda Yangi Zelandiya ushbu kunni bir yilda 4 marta nishonladi


Sarvar Anvar o‘g‘li

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e