Get Mystery Box with random crypto!

LABARANTNING FUNKSIYANAL LAVOZIM MAJBURIYATLARI QUYIDAGICHA | MAKTAB️

LABARANTNING FUNKSIYANAL LAVOZIM MAJBURIYATLARI QUYIDAGICHA

Tegishli fan (kimyo, biologiya, fizika) xonasining mavjud laboratoriya asbob-uskunalari, 
oʻquv jihozlarini yaxshi holatda saqlanishini taʼminlash;

laboratoriya mashgʻulotiga jihozlarini tayyorlash va ulardan foydalanish uchun texnik 
tayyorgarlik koʻrish;

laboratoriya mashgʻulotlariga tegishli preparatlarni toʻgʻri saqlanishini va ulardan oqilona 
foydalanishni taʼminlash;

tegishli fan oʻqituvchisidan zarur boʻlgan maʼlumotlar va materiallarni olgan holda 
darslarga oʻquv jihozlarini oʻz vaqtida tayyorlash;

zarur roʻyxat, shuningdek laboratoriya va koʻrgazmali mashgʻulotlarga oid oʻquv 
jihozlarini darsga tayyorlash;

mashgʻulot jarayonida belgilangan tartib qoidalarga amal qilmagan oʻquvchilar toʻgʻrisida tegishli fan oʻqituvchisiga va maktab rahbariyatiga axborot berish;

oʻqituvchilardan qurilmalarni qabul qilish va laboratoriya xonasini amaliy mashgʻulotdan 
soʻng tozalash;

laboratoriya mashgʻulotlari uchun sarflangan moddalar (reaktivlar va boshqalar)ni hisobini olib borish daftarini yuritish;

laboratoriya va koʻrgazmali mashgʻulotlarida oʻqituvchi yordamchisi sifatida dars 
jarayonida qatnashish;

laboratoriya va koʻrgazmali mashgʻulotlari oxirida barcha javonlarning yopilishini 
taʼminlash, suv joʻmraklarini tekshirish va barcha elektr asboblarini oʻchirish;

laboratoriya mashgʻuloti davomida nosoz holatga kelgan moslamalar, asboblar, texnik 
oʻquv vositalaridan foydalanishni taqiqlash;

oʻquvchilarni laboratoriya oʻquv jihozlari va moddalar (reaktiv va boshqalar)dan 
foydalanish boʻyicha xavfsizlik va gigiyena qoidalari bilan tanishtirish va ularning qatʼiy amal qilishini nazorat qilish;

elektr jihozlari, suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini elektrik va boshqa texnik xodimlar bilan birgalikda tekshirish, shamollatish tizimining ish holatini kuzatib borish;

laboratoriya oʻquv jihozlari va moddalar (reaktiv va boshqalar)ni xatlovdan oʻtkazishda ishtirok etish;

tegishli fan (kimyo, biologiya, fizika) xonasining sarflangan moddalar (reaktiv va boshqalar) va materiallar, yaroqsiz holga kelgan qurilmalar, laboratoriya anjomlari va boshqalarni hisobga olgan holda oʻquv jihozlari buyumlariga boʻlgan ehtiyojini aniqlash va talabnoma tayyorlash;

tegishli fan (kimyo, biologiya, fizika) xonasiga oid asbob-uskunalar va boshqa moddiy boyliklarning buyumlarini hisobdan chiqarish ishlarida qatnashish;

taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish;

taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni 
tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;

foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy 
texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

Asos: MMTV ning 2023-yil 20-dekabrdagi 565-sonli buyrug‘i.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e