Get Mystery Box with random crypto!

YANGI NIZOM BO‘YIChA METODBIRLAShMALAR FAOLIYATI QUYIDAGIChA E | Maktab | Rasmiy kanal

YANGI NIZOM BO‘YIChA METODBIRLAShMALAR FAOLIYATI QUYIDAGIChA ETIB BELGILANDI.

Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 5-dekabrdagi 372-sonli buyrug‘iga ko‘ra:


maktablarda boshlang‘ich ta’lim hamda 5-11-sinflarda esa alohida fanlar yoki bir-biriga yaqin bo‘lgan fanlar turkumi bo‘yicha Metodbirlashmalar faoliyat ko‘rsatadi.

maktablarda bitta fan yoki turkum bo‘yicha kamida uch nafar o‘qituvchi bo‘lsa, Metodbirlashma tashkil etiladi. Agar tegishli fan bo‘yicha o‘qituvchilar soni uch nafardan kam bo‘lsa, u holda ushbu fan o‘qituvchilari shu turkumdagi fan o‘qituvchilari bilan birgalikda bitta Metodbirlashmaga birlashadi.

Metodbirlashma rahbari metodbirlashma a’zolari bilan kelishgan holda, maktab direktorining buyrug‘i bilan, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha metodik ishlarni yaxshi yo‘lga qo‘ygan, doimiy ravishda uzluksiz metodik xizmatni tashkil eta olgan, ijodkor va tajribali o‘qituvchilardan tayinlanadi.
(Metodbirlashma rahbarining vazifalari haqida avvaligi postlarimizda ma’lum qilganmiz.)

Umumta’lim maktabining har bir o‘qituvchisi (o‘rindoshlik asosida ishlayotgan o‘qituvchilar ham) o‘z yo‘nalishlari yoki tegishli fan turkumi bo‘yicha Metodbirlashmaga a’zo bo‘lishi shart.

Metodbirlashmaning faoliyati umumta’lim maktabi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan nazorat qilinadi.

Metodbirlashma yig‘ilishlari har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi.

Metodbirlashma faoliyatiga doir quyidagi hujjatlar bo‘lishi lozim:

Metodbirlashmaning tasdiqlangan yillik ish rejasi;

yig‘ilish bayonnomasi;

yillik hisoboti.


Metodbirlashma hujjatlarining yuritilishi va saqlanishiga Metodbirlashma rahbari javobgar hisoblanadi.


Metodbirlashma rahbarlariga Vazirlar Mahkamasining 823-son qarori bilan talabnoma asosida tarif stavkalariga har oylik 10% ustama haqi berilib borilishi mumkin.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa