Get Mystery Box with random crypto!

MAKTABLARDAGI TARG‘IBOTCHI QUYIDAGI VAZIFALARNI BAJARISHI KERA | Maktab | Rasmiy kanal

MAKTABLARDAGI TARG‘IBOTCHI QUYIDAGI VAZIFALARNI BAJARISHI KERAK.

Ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchi Xalq ta’limi vazirining 2021-yil 1-iyuldagi 206-sonli buyrug‘iga ko‘ra quyidagi funksiyalarni bajaradi.

Ijodiy qobiliyatga ega boʻlgan oʻquvchilarni aniqlash va saralash; o'quvchilarning ijodiy ishlari bilan muntazam tanishib borish, ularga ijodiy jihatdan yo'l- yo'riqlar koʻrsatish;

ijodiy to'garaklar tashkil etish va reja asosida mahorat saboqlarini olib borish;

yorqin iste'dodga ega boʻlgan o'quvchi-yoshlarni Xalq ta'limi vazirligi, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va O'zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan o'quvchilar oʻrtasida oʻtkaziladigan turli ijodiy tanlovlarga jalb qilish, ularning ijodiy ishlarini adabiy nashrlarga, almanaxlarga tavsiya etish;

iste'doli ijodkor o'quvchilarni atoqli adiblar nomidagi ijod maktablari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish orqali kelajakda ularning ijod maktablarida ta'lim olishlariga motivatsiya berish;

o'quvchilar o'rtasida turli adabiy, ijodiy tanlovlar, festival va boshqa tadbirlar tashkil etish; o'quvchilar o'rtasida kitobxonlikni rivojlantirish va kitob mutolaasini targ'ib qilish bo'yicha tizimli ishlarni olib borish;

taniqli yozuvchi va shoirlarni jalb qilish orqali umumta'lim maktablarida adabiy-badiiy kechalarni tashkil etish;

oʻzbek va jahon adabiyotining eng sara durdonalarini targ'ib qilish orqali o'quvchi-yoshlar ongida umuminsoniy va milliy qadriyatlarni shakllantirish, yosh avlodni ma'nan barkamol etib tarbiyalash bo'yicha muntazam ravishda ish olib borish;

badiiy adabiyot, ijodiy jarayonlarga qiziqtirish orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj, tarbiyasi og'ir bolalarning ma'naviy-ruhiy holatini yaxshilashga yordam berish;

umumta'lim maktablarida joriy qilingan "Targ'ibotchi kitobxon o'quvchi" tadbirlarini har oyda tashkil etib borish hamda targ'ibotchilar bilan alohida shugʻullanish;

ta'lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha'ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro'sini hurmat qilish;

ta'lim muassasa obro'si va sha'niga putur yetkazishi mumkin boʻlgan ma'lumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan ma'lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

ta'lim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong'in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;

foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yong'in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini ta'minlash;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.


Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchining namunaviy yillik ish rejasini shu silka orqali topishingiz mumkin.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa