Get Mystery Box with random crypto!

YANVAR OYIDA SINF RAHBARLARINING FAOLIYATI BAHOLANIShI VA O‘QI | Maktab | Rasmiy kanal

YANVAR OYIDA SINF RAHBARLARINING FAOLIYATI BAHOLANIShI VA O‘QITUVChILAR XONASIGA ILIB QO‘YILIShI KERAK.

Xalq ta’limi vazirining 2021-yil 22-fevraldagi 41-sonli buyrug‘i bilan sinf rahbarlari faoliyati jami 7 yo‘nalishda va 100 ballik tizimda baholanishi belgilab qo‘yilgan.

Sinf rahbarlarining faoliyati bir yilda ikki marotaba (yanvar va iyun oylarida) umumiy o‘rta ta’lim maktablari sinf rahbarlarining yillik faoliyatini baholash ko‘rsatkichlari asosida baholanadi.

Baholash ishlari maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari boshchiligida, quyidagi tarkibda: Chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi, maktab psixologi, yoshlar etakchisi,(jamoatchilik asosida) ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi bo‘lgan ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi.

Ishchi guruh tomonidan amalga oshirilgan baholash ishlarining doimiy reytingi yuritiladi va reyting natijalari maktabning o‘qituvchilar xonasiga ilib qo‘yiladi.

Faoliyati “a’lo” baholangan sinf rahbarlarini maktab rahbariyati tomonidan moddiy-ma’naviy rag‘batlantirish choralari ko‘riladi, tarmoq va davlat mukofotlariga tavsiya etiladi.

Faoliyati “qoniqarsiz” deb topilgan sinf rahbarlariga vaziyatni o‘nglash va ish samaradorligini oshirish uchun maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan keyingi baholash davriga qadar muhlat beriladi.

Navbatdagi baholash natijalari ham qoniqarsiz deb topilgan holatda mazkur sinfga boshqa pedagogni sinf rahbari qilib tayinlash bo‘yicha maktab direktorining buyrug‘i qabul qilinadi.

Ushbu buyruqning to‘liq matnini va baholash mezonlarining to‘liq variantini ushbu link orqali bilib olishingiz mumkin.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa