Get Mystery Box with random crypto!

“IQTIDORSIZ O‘QUVCHINING O‘ZI YO‘Q!”. Yaponiya maktablaridagi | Maktab | Rasmiy kanal

“IQTIDORSIZ O‘QUVCHINING O‘ZI YO‘Q!”.

Yaponiya maktablaridagi ajoyib qoida haqida

Yaponiyada maktablarida “Iqtidorsiz oʻquvchining oʻzi yoʻq!” degan tushuncha yapon taʼlim tizimida ustuvor!

Bu ma’lumotni Xalq so’zi gazetasidan oldim www.xs.uz. Menga yapon maktablaridagi yoqqan qoida bu “Iqtidorsiz oʻquvchining oʻzi yoʻq!” degan tushunchadir. Aslini olganda tug’ilgan har bir bola o’ziga yarasha qobiliyatga ega bo’ladi. Bolani bog’cha va boshlang’ich maktab yoshida uni nimaga qobiliyati bor ekanligini aniqlab, qobiliyati bo’yicha tarbiyalasak, kelajakda o’z ishidan hech qachon nolimaydi, vazifasini sidqidildan bajaradi va qilayotgan ishlari sifatli chiqadi.

Ba’zan, yaqinlarimiz bizlarga “Falonchi doktorga bor. U yaxshi davolaydi” deb maslaxat berishadi. Rostan ham ba’zi doktorlar ishlarini ustasi bo’ladi. Kasbiga qiziqqan, bemorni yaxshi tushunadi va oddiy retsept bilan bemorni davolab qo’yadi. Ba’zilari esa buning aksi. Men bu holatni doktorlar misolida keltirdim, aslida har bir kasb egalarida ham shunday muammolar bor. Hususan pedagoglarda ham.

Maktabda pedagog xodimlar ishini nazorat qilib, ularning darslarini tahlil qilganimda, ayrim pedagoglar maktabga adashib kelib qolganini sezaman. Ularning asli ishi yo bozorda mol olib sotish yoki, ko’chada kirakashlik qilish. Dars o’tishga umuman qobiliyati yo’q. Ular pedagogika oliygohiga kirish oson bo’lgani uchun yoki diplomli bo’lish uchungina kirishgan. O’zim ham talabalik yillarimda shunday talabalarni ko’rganman, ular o’z ustida umuman ishlashmasdi. Universitetga quruq o’zlari borishardi, hattoki. Bu holat hozirgi ta’lim tizimimizdagi asosiy muammolardan deb bilaman. Bunday holatlardan qutilishimiz lozim.

Faylasuflardan biri “Agar sen kasbingga qiziqsang, ishingda uchragan har qanday qiyinchiliklar senga osondur. Agar sen kasbingga qiziqmasang, kasbingdagi oson ishlar ham senga qiyindur” degan ekan. Bizning bolalarimiz katta bo’lsam prokuror, melitsiya, hokim bo’laman deb aytishadi. Bolaga bu gaplarni uning ota-onasi o’rgatgan bo’ladi. Ko’pchilik ota-onalarimiz jamiyatdagi mana shunday obro’li kasb egalariga bolam o’xshasin deb, ularga shunday gaplarni o’rgatadi. Lekin, bolaning qobiliyati sartaroshlikka, oshpazlikka, rassomchilikka yoki, suhandonlikka bo’lishi mumkin.

Bolalarning qiziqishlari bilan ota-onalar ko’p hollarda ishlari bo’lmaydi. Maktablarda ham o’quvchilardagi ayrim qobiliyatini sezsak ham u bilan ishlamaymiz yoki, ishimiz bo’lmaydi. Maktab psixologlari ham o’quvchilar qobiliyatini to’liq o’rganib, yetarlicha kasbga yo’naltirmaydi. Natijada bola katta bo’lganida o’zi qiziqmagan sohaga pul topish uchun kirib oladi va qilayotgan ishlari sifatsiz chiqadi. Bolani qobiliyatini aniqlash uchun turli metodikalar bor, aslida. Oddiy o’yin faoliyatini kuzatish orqali ham boladagi qobiliyatni aniqlash mumkin.

Agar o’quvchilarimizni qobiliyati bo’yicha kasbga yo’naltirsak, jamiyatimizda haqiqiy mutaxassislar ko’payadi. Boshlang’ich va yuqori sinflarda pedagoglar o’quvchilar, ota-onalar bilan suhbat o’tkazib, ular egallamoqchi bo'lgan kasblari haqida tez-tez gaplashib turishlari lozim.

Har birimiz pedagogik faoliyatimizda yurakdan, mehr bilan ishlasak, o’ylaymanki, davlatimiz aynan Yaponiyadak bo’lmasa ham Yaponiyaga o’xshagan rivojlangan davlat bo’ladi.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa