Get Mystery Box with random crypto!

Salomov.uz

Telegram kanalining logotibi maksudkhon — Salomov.uz S
Telegram kanalining logotibi maksudkhon — Salomov.uz
Kanal manzili: @maksudkhon
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 794
Kanalning ta’rifi

Maqsud Salomov blogiga xush kelibsiz!
Murojaat uchun: @SV_Murojaatbot

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2021-02-02 18:32:48 Gʻirrom (hikoya)

Lotin alifbosida oʻqish

Кирилл алифбосида ўқиш

Kanalga ulanish
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
2.6K viewsedited  15:32
Ochish/sharhlash
2021-01-30 10:00:40 Bundan 5 oycha oldin talabalar va oʻqituvchilarga ijaraga olish uchun kvartira topishga yordam beruvchi xizmat haqida va bunday xizmatning Oʻzbekistonda joriy etilish masalasi toʻgʻrisida yozgandim.

Oʻsha payt Oʻzbekistonda virus avjida edi, keyin talabalar onlayn oʻqiydigan boʻldi. Mana, oflayn darslar boshlanib, shu masala yana yuzaga chiqdi: talaba Toshkentga keladi, kvartira topilmaydi, topilgani astronomik ijara haqi talab qiladi.

2 kun oldin shunday platforma yuzasidan Xushnudbek Xudoyberdiyev ham oʻz fikrlarini bildiribdi.

Shunday platformaga jiddiy kirishaverish kerak (Vazirlikmi, Yoshlar ishlari agentligimi yoki boshqa tashkilot bosh boʻlib). Bu talabalarning maʼlum qismini sarsongarchilikdan xalos qiladi.

Hali pandemiya tugab, sayyohlarni chorlash kampaniyasining boshlanishi, kvartirasini Airbnb.com kabi xizmatlar orqali sayyohlarga ijaraga beruvchi aholi sonining oshishi kutib turibdi bu bechora talabalarni. Bu masalaga keyinroq batafsilroq toʻxtalaman.

P.S. Yevropadagi shunday platformalar haqida yozganimdan keyin Yoshlar ishlari agentligi vakillari menga yozib, turli maʼlumotlar soʻragandi. Balki harakatni boshlashgandir ham. Yana kim bilsin.

Kanalga ulanish
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
2.8K views07:00
Ochish/sharhlash
2021-01-21 12:57:33 Jaloliddin Rumiyning “Masnaviyi maʼnaviy” asarida shunday hikoya keltiriladi:

“Bir kun magʻrur tilshunos sohilda turgan qayiqqa minib narigi qirgʻoqqa oʻtmoqchi boʻldi. Sohilda yoʻlovchi kutib turgan qayiqchilardan biriga yuzlandi. Qayiq yaqinlashdi.

Olim qayiqqa oʻtirdi. Dengizni tomosha qilib ketayotgan olim qayiqchidan soʻradi:

— Sen hech nahv (grammatika) oʻqiganmisan?

Yoʻq men johil bir qayiqchiman.

Olim:

— E voh, juda xafa boʻldim. Demak yarim umring behuda oʻtibdi, deya achinib qayiqchiga qaradi.

Shu vaqt dovul turdi. Keyin qayiq dengizning oʻrtasida chayqala boshladi, qayiqchi butun kuchi bilan xavfdan qutulish uchun harakat qildi. Boʻron borgan sayin kuchayar, qayiq esa choʻkish arafasida edi. Shu vaqt qoʻrquvdan dir-dir titrayotgan olimdan qayiqchi soʻradi:

— Ey, har narsani bilgan olim doʻstim. Suzishni bilasanmi?

Yoʻq javobini olgan qayiqchi:

— Voh, voh, sen umringni behuda sarflabsan. Hozir butun umring ketdi. Chunki bir ozdan keyin qayigʻim choʻkadi. Yaxshi bilginki, bu yerda hozir nahv (grammatika) emas, mahv ilmi lozim. Agar mahv ilmini bilsang, qoʻrqmasdan dengizga sakra, – dedi”.

Shu hikoyani oʻqisam, birinchi boʻlib xayolimga oʻzbek jamiyati keladi. Bu jamiyatda ham ilm-fan hech boʻlmaganda ikkinchi darajali hisoblanadi (yoki yana-da quyiroq) – xoh u til ilmi boʻlsin, xoh iqtisod ilmi, xoh boshqa. Chunki jamiyat dengizda suzib borayotgan qayiq misoli. Dengiz esa dovulga to'la.

Qoyilmaqom muomala (zarur payti maddohlik), tanish-bilish orttirish, kerakli vaqtda pora berish va, hatto pora ola bilish kabi qoidalar esa birinchi darajalidir. Ayrim hollarda bular omon qolish shartlariga aylanadi.

Albatta, inson baʼzi hollarda bu qoidalarga amal qilishni rad etishi mumkin, lekin bunday rad etish muayyan darajada qandaydir qulaylik, imkoniyat va xotirjamlikning yoʻqotilishi, ortiqcha bosh ogʻrigʻi orttirib olish evaziga amalga oshiriladi.

Jamiyatda muomalani “qiyib yuborsangiz”, insonlarning ichiga kirib, tanishlarni orttirib tashlasangiz, oʻz oʻrnida kerakli shaklda tashqaridan u qadar poraga oʻxshamaydigan poralarni tuhfa etsangiz va shunday poralarni mahorat bilan qabul qila olsangiz, jamiyatda muvaffaqiyat qozonishingiz 90% hollarda kafolatlangan.

Lekin bu kabi xislatlardan xoli boʻlgan, faqat ilmi boʻlgan odamning oʻzbek jamiyatida muvaffaqiyat qozonishi imkonsiz yoki juda qiyin kechadi.

Ham biror sohada ilmga, ham yuqoridagi xislatlarga ega boʻlsangiz, oʻzbek jamiyatida siz hal qila olmaydigan masala yoʻq hisobi.

Aslida, bunday holat har bir jamiyatda mavjud. Faqat qoidalar va ularning darajalari jamiyatlarga qarab farq qilishi mumkin.

Kanalga ulanish
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
3.3K viewsedited  09:57
Ochish/sharhlash
2021-01-10 16:04:38 ​​Oxirgi bir necha kun ichida Ispaniyaning yarmini ogʻir qor va kuchli boʻron egalladi.

Shuningdek, 2021-yilning 7-yavnarida Leon provinsiyasida Ispaniya tarixidagi eng sovuq ob-havo qayd etildi: -35,8 daraja sovuq. Sovuqdan muzlab oʻlgan uysizlar ham bor.

Lekin ayni damda biz yashab turgan Jirona shahrida hozirgacha qor yoqqani yoʻq, havo ham oʻta sovib ketmadi. Eng sovuq tunlari -5 darajada atrofida boʻldi, adashmasam.

Shunday qilib, Osiyo quyoshining sharofatida bilan, soʻngi 3 yildan beri normal qor koʻrganimiz yoʻq. Oxirgi 3 yil ichida bir marta – Sloveniya poytaxti Lyublyanada bir ozgina qor yogʻgandi, xolos.

Suratda Jirona, bugun olingan.

Kanalga ulanish
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
2.5K viewsedited  13:04
Ochish/sharhlash
2021-01-05 19:10:00 ​​Pandemiya davrida ish hajmi keskin qisqargan sayyohlik firmalari va boshqa kompaniyalar Amazonʼda onlayn xizmatlarini taklif qilishi mumkin.

12 milliondan ortiq turdagi mahsulotlarni taklif etuvchi Amazon pandemiyadan foydalanib, taassurotlar ham sotishni boshlabdi. Platforma nomi Amazon Explore, u yerda dunyoning turli shaharlarida jonli virtual turlarga chiqishingiz, kulinariya, kulolchilik, geografiya va hokazolar haqida jonli onlayn darslar xarid qilishingiz, hattoki uyingizdan chiqmasdan Yaponiyada yoki Xitoyda shopping (bozor) qilishingiz mumkin.

Oʻzbekistonda gidlar, turoperator firmalar hali ham ishsiz. Qachon yana avvalgidek minglab sayyohlarga xizmat koʻrsata olishi nomaʼlum. Ular uchun Amazon Explore qisman yechim boʻlishi mumkin.

Buning uchun saytga kirib Become a host (Mezbon boʻlish) tugmasini bosasiz, ariza sahifasida soʻralgan maʼlumotlarni toʻldirasiz va Amazonʼga yuborasiz.

Afsuski, individual shaxslar mezbon boʻlolmas ekan. Rasman tur kompaniya yoki boshqa taassurot/hunar oʻrgatadigan firma boʻlishingiz va saytingiz boʻlishi talab etiladi.

Oʻzbekiston sharoitida kimlar mezbon boʻlish uchun ariza topshirishi mumkin?

– Turoperator firmalar
– Suvenirlar, gilamlar, ikat matolar ishlab chiqaruvchi/sotuvchi doʻkonlar
– Milliy taomlar restoranlari
– Kulolchilik maktablari

Platformada quyidagi taassurotlarni sotishingiz mumkin:

– Jonli virtual turlar. Samarqand, Buxoro, Xivadagi obidalar boʻshab qolgan. Hech kim oldingizni toʻsmaydi. Chiroyli kadrlar chiqadi.

– Milliy taomlarimizni pishirishni oʻrgatish. Jonli virtual dars.

– Kulolchilik, gilam toʻqish, kashta toʻqish va boshqa antiqa hunarlarni oʻrgatish. Jonli virtual dars.

– Mijoz bilan Chorsu, Siyob kabi bozorlar yoki Kanishka, Bibixonim va boshqa milliy mahsulotlarni chiroyli tikib sotadigan doʻkonlarda shopping qilish. Jonli virtual tarzda.

Virtual taassurotlarni yaratish uchun nimalar kerak boʻladi?

Bunda sizga quyidagilar kerak boʻladi:
– Kamerasi yaxshi telefon yoki telefonga ulanadigan sifatli kamera
– Sifatli mikrofon
– Tripod yoki uning oʻrnini bosuvchi vosita/shaxs.
– Birorta xorijiy tilda erkin soʻzlashish koʻnikmasi va mahsulotingiz haqida qiziqarli hikoyalar.

Menimcha, asosiy ish qurollari shular. Jarayonda yordami tegadigan boshqa anjomlardan ham foydalanish mumkin.

Firmam ham, saytim ham yoʻq. Xizmatimni qanday sotsam boʻladi?

Agar gid yoki individual oshpaz boʻlsangiz, sohangizda sifatli xizmat koʻrsatadigan biznes (kompaniya)ga murojaat qilib, birga ishlashni taklif qilib koʻring.

Oʻylashimcha, virtual taassurotlarning xaridorlari doim boʻladi, pandemiyadan keyin ham. Chunki uydan chiqmasdan yangi narsalarni oʻrganishni istaydiganlar har doim topiladi.

Kanalga ulanish
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
3.5K viewsedited  16:10
Ochish/sharhlash
2021-01-05 19:05:45 Uzoq tanaffusdan keyin yana kanalga qaytdim. Orada yigʻilib qolgan ishlarimning anchasini tugatdim.

Yangi yilda kanalda imkon qadar foydali postlarni koʻpaytirmoqchiman.

Bundan buyon kamida haftada bir marta amalda foydali boʻlgan postlar joylab borishga harakat qilaman.

Postlar kimlarningdir ish topishi, oʻqishi, bilimi va malakasini oshirishi, yangi faoliyat boshlashiga yordam beradi, deb umid qilaman.

Bugun (21:10 da) butun dunyodagi insonlarga taassurot sotish mumkin boʻlgan platforma haqida maʼlumot beriladi.

Kanalga ulanish
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
1.4K views16:05
Ochish/sharhlash
2020-12-09 19:08:26 ​​Troll.uz kanalida hozirda O'zbekistonda (Toshkentda bo'lsa kerak) mandarin narxi 58 ming so'm ekani aks etgan rasm joylanibdi.

Biz ham mandarin ishqibozimiz. Ispaniyada deyarli har hafta 3-4 kilo mandarin olamiz.

Mandarin narxi bu yerda arzonroq, chunki Ispaniyaning o'zida mandarin yetishtiriladi

Men bozorlik qiladigan supermarketda ikki xil mandarin bor. Ularning narxidan boshqa qanday farqi borligini bilmayman ochig'i.

Arzonining bir kilosi - 1,09 yevro (taxminan 13 ming 800 so'm).

Qimmatroq mandarinning kilosi - 1,49 yevro (taxminan 18 ming 850 so'm). Aynan qaysi davlatdan keltirilganiga e'tibor bermagan ekanman.

Bu narxlar men bozorlik qiladigan supermarketniki. Boshqa supermarketlarda bir oz farq bo'lishi mumkin.

Ispaniyadan O'zbekistonga mandarin eksport qilsam, boyib ketaman, shekilli. ;)

Aytgancha, Siz bilgan supermarket yoki bozorlarda mandarin narxi qancha?

P.S. Suratda 1,49 yevrolik mandarin.

Kanalga ulanish
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
3.1K viewsedited  16:08
Ochish/sharhlash
2020-12-07 09:01:00 Baʼzi davlatlarning kino sanʼatida dublyaj yoʻq. Masalan, Sloveniya va Myanmarda xorijiy tildagi kinolar mahalliy tilda dublyaj qilinmaydi. Dublyaj oʻrniga subtitrdan foydalanishadi.

Aytaylik, Sloveniyadagi kanallardan birida turk filmi qoʻyilyapti. Film qahramonlari turk tilida gapiraveradi, tagida slovencha subtitr beriladi.

Myanmarda ham shunday. Balki bunday davlatlar yana bordir, lekin men bilganlarim shular.

Rafiqamning Sara degan sloveniyalik kursdoshi bor. U Ispaniyada ham dublyaj borligini bilgach, hayron qolganini aytadi.

“Italyanlar dublyaj qilishini bilardim va ular haqida “ahmoqlar, ingliz yoki turk odamni italyancha gapirtirganlaring nimasi” deb oʻylardim”, – deydi Sara.

Ispaniyaga kelgan ilk kunlarida xonadoshlaridan biri turk serialini koʻrayotganiga koʻzi tushgan ekan. “Qarasam, turklar ispancha gapiryapti. Juda gʻalati tuyuldi”, – deydi u.

Menga ularning davlatida dublyajning yoʻqligi gʻalati tuyuldi. Kinoni subtitr bilan koʻrish har doim ham oson emas. Ayniqsa, aktyorlar jahl qilgan yoki hayajonlanganda tez gapirib tashlasa: aktyorning yuz ifodalariga qaraysizmi, u jahl qilayotgan odamning reaksiyasiga eʼtibor qilasizmi yoki yashin tezligida chiqayotgan yozuvlarni oʻqiysizmi.

Kanalga ulanish
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
2.6K views06:01
Ochish/sharhlash
2020-12-04 19:01:52
Qish kelgan bo'lsa-da, hali Jironani kuz kayfiyati tark etib ulgurmadi. Ayrim kunlar quyoshli bo'lyapti. Daraxtdagi barglar ham to'kilishga shoshilayotgani yo'q.

Kanalga ulanish
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
2.5K viewsedited  16:01
Ochish/sharhlash
2020-12-04 17:36:24 Xitoyning raqamlashganlik darajasi haqida ilk bor oʻtgan yili batafsilroq maʼlumot oʻqigandim – meni hayratga solgan.

Iqtisod, nazorat, insonlar kundalik hayotining raqamlashtirilgani borasida Xitoy dunyoda yetakchilik qiladi.

Xitoy jamiyatida raqamlashish qay darajada ekanini tasavvur qilish uchun oddiy bir faktni esga olish yetarli: Xitoyda hattoki tilanchilar ham Alipay yoki WeChat hisoblari koʻrsatilgan taxtachalar bilan sadaqa soʻraydi. Naqd pul soʻrash tilanchilar uchun ham “eskilik sarqiti”.

WeChat xitoyliklarning kundalik hayotidagi eng mayda iqtisodiy amallarigacha kirib borgan: xaridlar, safarlar, ovqat, yoʻl chiptalari, kinoteatrga chiptalari toʻlovlari va istalgan kishi har kuni amalga oshirishi mumkin boʻlgan boshqa pullik operatsiyalar uchun toʻlov WeChat orqali qilinadi.

Virtual toʻlovlarning ommalashishi natijasida naqd pulning ahamiyati tobora pasayib bormoqda. Bu esa oʻgʻirlik, bosqinchilik kabi jinoyatlar sonini pasaytirgani aytiladi.

Shuningdek, virtual pullar bu kabi jinoyatlarni ayrim hollarda foydasiz ham qilib qoʻymoqda. Masalan, Kai-Fu Li oʻzining “Sunʼiy intellektning super qudrati (AI Superpowers)” kitobida bir real voqeani keltirib oʻtadi:

Ikki nafar bosqinchi badavlat Xanchjou shahrida uchta uzluksiz ishlaydigan doʻkonni oʻmarib ketadi. Doʻkonda mahsulotlar koʻp boʻlgan, biroq pul deyarli boʻlmagan – doʻkon egalari mobil toʻlovlardan foydalangan. Bosqinchilarni qoʻlga olishganda, oʻgʻirlik orqali ularning har biri bor-yoʻgʻi 125 dollardan pul olgani maʼlum boʻlgan.

Oʻzbekistonda ham raqamlashtirish sekinlik bilan rivojlanyapti. Ayniqsa, 2020-yil – “Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”ga toʻgʻri kelib qolgan koronavirus bir qancha sohalarda raqamashtirishni maʼlum darajda majburan tezlashtirib yubordi. Click, Payme kabi ilovalar sharofati bilan naqdsiz toʻlovlar koʻlami kengayib boryapti.

Lekin raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yilida men uchun eng esda qolarli voqea – Milliy bankka email yozib, emailimni oʻqishgan yoki oʻqishmaganini telefon orqali soʻrattirish boʻldi. Eslasam, hozir ham kulaman.

Kanalga ulanish
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
2.3K viewsedited  14:36
Ochish/sharhlash