Get Mystery Box with random crypto!

Bugun, 18 avgust, soat 16:00 da sizni TAF!22 tanlovi bilan bog | MAKON Marketing

Bugun, 18 avgust, soat 16:00 da sizni TAF!22 tanlovi bilan bog'liq masalalarni muhokama qilishga bag'ishlangan uchinchi ZOOM yig'ilishida ishtirok etishga taklif etamiz.

Ikkinchi uchrashuv roppa-rosa bir hafta oldin bo'lib o'tdi. Ishtirokchilar ko'p va undan ham ko'proq savollar bo'ldi. Shuning uchun har payshanba kuni soat 16:00da shunday uchrashuvlarni o'tkazishga qaror qildik.

Qaysi nominatsiyani tanlash yaxshiroq, ishni qanday tayyorlash kerak, ish qanday bo'lishi mumkin, hakamlar hay'atini baholashning qanday mezonlari - bu va boshqa savollarni shaxsan yig'ilish moderatoriga, Uyushma boshqaruvi raisi, Diyor Akramovich Mirzaahmedovga berishingiz mumkin.

O'zini qiziqtirgan savollariga javob olishni xohlovchilarni bugungi uchrashuvda kutamiz!

Zoom uchrashuviga qo'shiling
https://us02web.zoom.us/j/81761417782?pwd=aVlwK09qYmhYSlVuRzd3MkxQQWlNUT09

@makonmarketing