Get Mystery Box with random crypto!

Endi marketologlar va reklama sohasi xodimlarining o‘z bayram | MAKON Marketing

Endi marketologlar va reklama sohasi xodimlarining o‘z bayram kunlari bor!

O‘zbekiston marketing uyushmasi boshqaruvi o‘z yig‘ilishida uyushma hamkorlarining kasbiy bayramlarni nishonlash to‘g‘risidagi takliflarini ma'qulladi.

25-avgust – Reklama sohasi xodimlari kuni
19-aprel – Marketologlar kuni

1996-yil 25-avgustda
, Mustaqillikning 5 yilligiga bag‘ishlab, O‘zbekistonda birinchi bor ijtimoiy reklama milliy syujetlari ishlab chiqilgan va shaharlar ko‘chalariga joylashtirilgandi.

2016-yil 19-aprelda Toshkentda birinchi ADWEEK marketing va reklama haftaligi boshlangan.

Kasbiy bayramlar – bu uyushmaning barcha hamkorlari uchun marketing va reklama faoliyati mutaxassislariga minnatdorlik va ehtirom bildirish uchun ajoyib imkoniyatdir.

@makonmarketing