Get Mystery Box with random crypto!

Endi tikanlimi bu erka yoʻllar, Yo yoʻl tugadimi — endi qaytis | Majnun bitiklari

Endi tikanlimi bu erka yoʻllar,
Yo yoʻl tugadimi — endi qaytishmi?
Gullagan sevgidan qoldimi choʻllar,
Endi begonaday “xayr” aytishmi?

Oh, qachon aldashga oʻrganasan sen,
Yuzingda kulgiyu labingda titroq.
Men uchun oʻrtanmay, oʻrtanasan sen...
Qoʻrqma! Tillarimda qolmadi soʻroq.

Ne qilay? Yurakdan boʻshadi tanim,
Najot — koʻnishdami, najot — oʻlishda?..
Azizim, azizim, azizim manim,
Ayt, qachon ulgurding jonim boʻlishga!?...