Get Mystery Box with random crypto!

#tarjimonhamodammi Odatda shovqinli mavzulardan uzoqroq yuris | Mahin's World

#tarjimonhamodammi

Odatda shovqinli mavzulardan uzoqroq yurishga urinaman. Qandaydir muammolarni, gap-so’zlarni yoritmay, foydasi yo’q deyman. Hozirgi o’qigan maqolam pichoqni suyakka qadadi. “Tarjimon ham odammi?” Tarjimonning “hurmati” va ish haqiga sovuqqonlik bilan qarash, pul ortib qolsagina qachondir haqqini berish ayrim (hammasi ham emas) nashriyotlarda bor deb o’ylardim. Faqat shu sohada hech qanday roli (qaytaraman ayrim, hamma emas) yo’q ayni nashriyotlarda deb o’ylardim.

Yo’q, world adashibman. Muammo butun boshli sistemada ekan. Maqolani o’qing. Tarjimonga haq bermaganidan afsuslanmagan ham. To’g’rida TARJIMON HAM ODAMMI? UNDA OILA YO’Q, QORIN G’AMI YO’Q! U olishi kerak bo’lgan pulni so’rasa sabrsizga chiqadi, u haqqini oddiy so’ray olmaydi. Qanchalik qiynalayotgani, pul kerak ekanini yozishi kerak. Shunday ham yalintirib, yalintirib beriladi (minginchi bor qaytaraman hamma nashriyot ham emas). Undan qizig’i esa “xalq uchun, vatan uchun xizmat qilmaysanmi?” degan gapni ham eshitadi . Maqolani o’qing.
@mahinsworld

https://kun.uz/news/2022/08/30/xizmat-pulli-ekanini-bilmagandik-ozbekiston-muaytay-federatsiyasi-malayziyada-tarjimonning-haqini-bermagan