Get Mystery Box with random crypto!

​​#kitoblar Ko’plab kelayotgan savol (shu gapni o’zim yoqtirm | Mahin's World

​​#kitoblar

Ko’plab kelayotgan savol (shu gapni o’zim yoqtirmasdim) “kitoblarni qayerdan olasiz?” Javob berishga qaror qildim.

O’zbek tilidagi kitoblar:
1. Book.uz (ming bir asrdan beri shu do’kondan olaman, boraman, aylanaman. Bolaligim yodga tushadi. Nostalgy)
2. Akademnashr - bu yerdan ayni Akademnashr kitoblari ayni nashriyot o’zida arzon narxlarda bor.

Rus tilidagi kitoblar:
1. Knijniy mir (metro Kosmonavtlar, Sum oldida)
2. Xazinabooks (Magic city)
3. Topar.uz (British elchixonasi yonida)

Ingliz tilidagi kitoblar:
1. BAM (magic city. Disclaimer bu do’konda original va qalbaki kitoblar bor. So’rasangiz originalni ko’rsatishadi va aytishadi. Yolg’on aytib sotishmaydi). The Greenlights kitobini o’qigandim. Shu do’konniki.
2. @booktrainshop bu yerda bemalol buyurtma qilsangiz ham bo’ladi. Uk va US dan olib kelishadi. Yuqorida Emotional kitobini qo’ygan edim, ayni shu do’kondan.
3. Instagramda abookien Koreyadan kelar ekan. Ularga endi buyurtma beraman, stipendiyamni kutyapman. Muomalasi juda yoqdi.

Hech qaysi kitob magazin reklama asosida emas, barchasi o’zim xarid qiladigan va doimo qaytadigan joylarim. Barchasini yaxshi ko’raman.

@mahinsworld