Get Mystery Box with random crypto!

​​#podborka Toshkentdagi dars qilish va kitob o’qish mumkin b | Mahin's World

​​#podborka

Toshkentdagi dars qilish va kitob o’qish mumkin bo’lgan joylar bilan bo’lishmoqchiman.

1. Bookcafe – Westminster universiteti oldida joylashgan va Toshkentdagi eng birinchilardan bo’lib ochilgan bookcafe, kitoblar bilan to’la, kichik ammo juda shinam.

2. Topar.uz – Buyuk Britaniya elchixonasi oldida joylshgan. Ochilganiga (avval faqatgina showroom bor edi) ko’p bo’lmagan kitob magazinning -1 qavatida kitob o’qish uchun shinamgina joy mavjud. Kitob o’qish va dars qilish uchun sokin joy.

3. Moida by Azon – Milliy bog’ metro bekatida joylashgan. Juda tinch maskan. Ayollar va erkaklar alohida joylarda o’tirishadi (agar ayni shunday joy kerak bo’lsa, bemalol boravering).

4. B&B – men Fransuz elchixonasi oldidagi filialiga deyarli har kun boraman. Soatlab dars qilish, kitob o’qish mumkin. Juda tinch, ishchilar xushmuomala.

5. Turon kutubxonasi – G’afur G’ulom metro bekati oldida. Bu kutubxonani boshqalaridan farqi, sizni xuddi teroristni tekshirgandek tekshirmaydi. O’zingizni uyingizdagidek his qilib ishingizni qilaverasiz.

Yoqimli mutolaa va dars qilish.
@mahinsworld