Get Mystery Box with random crypto!

Taʼziya O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniya | MADANIYHAYOT.UZ

Taʼziya

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston Respublikasi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev 72 yoshida vafot etdi.

Baxtiyor Sayfullayev 1951-yilning 1-aprelida Toshkent shahrida tavallud topgan. 1972-yilda Toshkent davlat teatr va rassomlik sanʼati instituti tamomlagan.

O‘z mehnat faoliyatini 1972-yilda Respublika yosh tomoshabinlar teatri aktyori va rejissyori sifatida boshlagan Baxtiyor Sayfullayev keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri lavozimida ham faoliyat olib borgan.

Baxtiyor Sayfullayev o‘zbek milliy sanʼati rivojlantirishga katta hissa qo‘shib, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi”, “Qoraqalpog‘iston Respublikasi sanʼat arbobi” unvoni bilan taqdirlangan.

Madaniyat va turizm vazirligi jamoasi Sayfullayev Baxtiyor Sayfullayevichning vafoti munosabati bilan uning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Elyor_Abduganiev.t.me