Get Mystery Box with random crypto!

Barcha san’at shaydolari diqqatiga! Aziz yurtdoshlar va shahr | MADANIYHAYOT.UZ

Barcha san’at shaydolari diqqatiga!

Aziz yurtdoshlar va shahrimiz mehmonlari!

Sizlarni "Turkiston" san'at saroyida O'zbekiston xalq artisti Mansur Toshmatov rahbarligidagi Jazz orkestri tomonidan tashkil etiladigan "Парад саксофонов" nomli konsert dasturi taklif etamiz.

Konsert dasturi joriy yilning 23-fevral kuni soat 18.30 da bo‘lib o‘tadi.

Unda mamlakatimizning yetakchi solistlaridan Vladimir Teregulov, Saidafzal Mirzayev, Aziz Ismatullayev, Anvar Kurdashev, shuningdek, konsert dasturining mehmoni, xalqaro tanlovlar laureati Igor Ten tomonidan jazz ixlosmandlari uchun eng sara asarlar ijro etiladi.

Chiptalarni saroy kassalari va onlayn tarzda iTICKET.UZ saytidan olishingiz mumkin.

Murojaat uchun: (71) 234-99-45

Barchaga maroqli xordiq tilaymiz!

Madaniyhayot_uz.t.me