Get Mystery Box with random crypto!

XUSHXABAR USTIGA XUSHXABAR Al-Qalam oʻquv markazi ustozlari | Мирзо Кенжабек ижодхонаси

XUSHXABAR USTIGA XUSHXABAR

Al-Qalam oʻquv markazi ustozlari va oʻquvchilari uchun ajoyib yangilik:

Markazimiz ustozlari va oʻquvchilarining ijod namunalarini nashr etishga moʻljallangan "Qalam" onlayn jurnali oʻz faoliyatini boshladi.

Markaz ustozlari va oʻquvchilari ushbu onlayn jurnalda oʻzlarining fanlar va chet tillari boʻyicha tadqiqotlari hamda badiiy tarjimalarini chop ettirishlari mumkin.

Jurnal A4 bichimda boʻlib, 32 betdan iborat. Ushbu jurnalda chop etilgan maqola va tarjimaning har bir betiga 20 ming soʻm miqdorida qalamhaqi toʻlanadi.

Shuningdek, markazimiz ustozlari va kichik yoshdagi oʻquvchilarining ijod namunalarini nashr etishga moʻljallangan "Qalam kichkintoy" onlayn jurnali oʻz faoliyatini boshladi.

Jurnal A4 bichimda boʻlib, 16 betdan iborat. Ushbu jurnalda chop etilgan maqola va tarjimaning har yarim betiga 10 ming soʻm miqdorida qalamhaqi toʻlanadi.

Yil yakunida toʻplangan eng yaxshi tarjimalar va maqolalar kitob holida nashr etilishi koʻzda tutiladi. Kitob oxiriga muallif va tarjimonlar haqdagi maʼlumotlar kiritiladi.

Nashr etilgan kitob jami adadining 20 foizi muallif va tarjimonlar oʻrtasida teng taqsimlanadi.

Xayrli ishga shoshiling!
Maqola va tarjimalar joʻnatishga ulguring, sahifalar soni cheklangan!..

Ma'lumot uchun +998991198080 raqamlariga qo'ng'iroq qiling
Admin @Habiba_321

https://t.me/alqalamoquvmarkazi1