Get Mystery Box with random crypto!

Erni sher qiladigan ham qaro yer qiladigan ham XOTIN! Yon-atr | Muhsinbek | Personal

Erni sher qiladigan ham qaro yer qiladigan ham XOTIN!

Yon-atrofimdagi oilalarni kuzatib shuni angladimki: Insonni boy yoki o'rtamiyona bo'lib yashashi, jamiyatdagi o'rnini belgilab beradigan omil bu uning ayoli.

Erkak kishining haqiqiy motivatori bu uning ayoli. Negaki erkak ishdan charchab kelsa uyda uni yaxshi kayfiyat bilan kutib oladigan ayoli bo'lsa, hammayoq saranjom-sarishta, shirin ovqat tayyor bo'lsa va albatta shirin so'zlar bilan kutib olsa har qanday erkak energiyaga to'ladi. Ayniqsa ovqatga katta e'tibor berish kerak chunki erkak kishi oshqozoni bilan sevishi rost.

Agar aksincha bo'lsa charchagan erkak battar charchaydi va bu janjal bilan davom etadi natijada erkak va ayolning asabiy kayfiyati butun oilaga ta'sir qiladi. Shuning uchun hamma o'ziga javob bera olsa ya'ni ayol o'z vazifalarini, erkak o'z vazifalarini bajarsa hammasi yaxshi bo'ladi menimcha!!!

Ayolni o'qimishli bo'lishi millionlab pul topishi shart emas. Ayollarimizni o'qitish emas uqitish kerak. Albatta ilmni cheklash kerak demoqchi emasman bu gapim bilan.

★Eng zo'r maslahat sifatida dinimizga yuzlanishni afzal ko'rgan bo'lar edim. Har qanday masalaga yechim topish mumkin bizning dinimizda. Bizning dinimiz ayollarga ilmni ham cheklamaganini alohida aytib o'tish kerak. Dinimiz eskilik sarqiti emas aksincha hoh muslima bo'lsin hoh mo'min inson, har qanday insonni komillikka yetaklovchi QO'LLANMADIR!!!

Muhsinbek | Instagram