Get Mystery Box with random crypto!

Xohlagan narsangga erishish Hayotda biror narsaga erishishnin | Muhsinbek | Personal

Xohlagan narsangga erishish

Hayotda biror narsaga erishishning eng oson yo’li — erishmoqchi bo’lgan narsangga loyiq bo’lish.

Itoatli, soliha qizga uylanish yo’li — Shunday qizlar tegadigan yigit bo’lish

Yaxshi ko’rgan ishidan ko’p pul topish yo’li — Odamlar ko’p to’lashga tayyor bilim, tajribani olish

O’ta ajoyib insonlar bilan do’st bo’lish yo’li — O’zimiz ham ajoyib do’st bo’lishimiz

Xalq tan olgan ustozga shogird tushish yo’li — Nomzodlar ichida eng arziydigani bo’lish

Ro’yxat cheksiz davom etishi mumkin. Xulosa, loyiq bo’lishlik erishishni oson qiladi.

Lekin, loyiq bo’lishlikni o’zi oson emas.

Solih bo’lish, ilm va tajriba yig’ish, ishonadigan do’st bo’lish — qiyin, uzoq vaqt talab qiladigan ishlar.

Keyingi safar biron nimaga erishishni xohlaganingda, qiyin (aslida oson) yo’lni tanlayver.

Zero

Albatta, har bir qiyinchilik bilan osonchilik bor. (94:5)

@azizrakhimov_blog

Akani kanalidan tekkis chopildi. (Juda to'g'ri fikrni yozibdilar!)

Muhsinbek | Instagram