Get Mystery Box with random crypto!

​​#tavsiya “Boshqalar va ularning qilmishlariga kelsak, Robbi | M1racle books📚

​​#tavsiya

“Boshqalar va ularning qilmishlariga kelsak, Robbisi oldida hisob berishadi. Siz hech kimni yaratmagan, unga rizq bermagansiz. Shuning uchun biror kishi borasida javobgar bo’lmaysiz, birortasining gunohi sababli jazolanmaysiz…
…O’zingiz bilan ovvora bo’ling”.


Asardan

KITOB: “Nihoyat saodatni topdim” Doktor Oiz Qarniy

Kitob qo’limga tushishi va hayotimga kirib kelishi ayni kerakli vaqtda sodir bo’ldi. O’z ruhiyati va muammolari bilan o’ralashib qolganlar ko’proq tushunishadi meni hozir. Doktor Oiz Qarniy yozish uslubi bu kitobdan ham ufurib turadi. O’sha sakiynat, o’sha donolik va muammolarga nigoh. Umuman muallif ko’plab ruhiyatingiz, hayotingiz, atrofdagilar va ichki muammolaringizni o’zida jamlagan maslahatlardan iborat bir kitob yaratgan. Har bir mavzu ostida minglab hikmat yashiringan.

“Nihoyat saodatni topdim” sizga saodatga erishishning ko’plab yo’llarini, o’zingizga ishonishning va ruhiyatingiz yetuk bo’lishining ko’plab yechimlarini keltiradi. Bularning bari axloq, silayi rahm, keksalar va kichiklar munosabatlari, o’zingizni isloh qilish avvalo ildizi sifatida Islom va undagi go’zal amallar ko’rsatib beriladi. Bu kitobda me’yor topilgandek bo’ldi menga. Ba’zi o’rinlarda dunyo tan olgan psixologlar gaplari, Qur’oni Karimdan oyatlar keltirilganki, har biri ortiqcha ham, keraksiz ham emas.

Xatto ayta olamanki, kitobda keltirilganlarning bir qismi bugun hayotimizda ko’pchiligimiz duch kelishimiz mumkin bo’lgan, kichik ammo mazmunan katta xatoga aylangan ibratlar. Kitobni o’qish davomida o’zingiz bunga guvoh bo’lishingiz mumkin bo’ladi.

Diniy adabiyotlarni yoqtiradiganlar, Oiz Qarniy ijodini sevadiganlar va hozir o’zida ishonchsizlik, qo’rquv, muammolarni ko’rayotganlar va keng kitobxon ommasi uchun ayni kerakli kitob. Ilmiy yoki og’ir adabiyotlardan dam olmoqchi bo’lganlarga esa ajoyib “Disert” Xullas O’qing! Eng yaxshi xulosa bu-o’zingiz chiqargan xulosadir!

@m1racle_books