Get Mystery Box with random crypto!

Theme: 'Some' va 'Any' Some/Any 'Some' va 'any' so'zlar | L

Theme: "Some" va "Any"

Some/Any

"Some" va "any" so'zlarining ma'nosi bir-biriga juda yaqin. "Some" - bir qancha, biroz, "any" - hech qancha. Ikkalasini bir-birining o'rnida ishlatish mumkin emas.

Agar gapda inkor so'zi (not) bo'lmasa, some, something (nimadir), somebody/someone (kimdir) so'zlari ishlatiladi:
I'm going to buy some eggs - Men bir qancha tuxum xarid qilgani ketyapman.
She said something - U nimadir dedi.
I saw somebody (yoki "someone") - Men kimnidir ko'rdim.

Agar gapda inkor so'zi (not) bo'lsa, any, anything (hech nima), anybody/anyone (hech kim) so'zlari ishlatiladi:
I haven't got any money - Menda hech qanday pul yo'q.
He didn't say anything - U hech narsa demadi.
I don't need anybody to help me - Men hech kimning yordamiga muhtoj emasman.

Savol berayotganda ikki xil holatda "some" ishlatiladi.

1. Taklif qilayotganda:
Would you like some coffee - Biroz kofe xohlaysizmi?

2. Iltimos qilayotganda:
Can you lend me some money - Menga ozgina pul berib turolasizmi?

Bulardan boshqa barcha savollarda faqat "any" ishlatiladi:
Are you doing anything this evening - Bu oqshom nimadir qilyapsizmi?
I can't find my pen. Has anybody seen it? - Men ruchkamni topolmayapman. Uni hech kim ko'rmadimi?

@Lugat_Inglizcha