Get Mystery Box with random crypto!

Theme: Ingliz tilida artikl (10-qism) Aniq artikl. The ️Kana | L

Theme: Ingliz tilida artikl (10-qism)

Aniq artikl. The

️Kanalimizda Artiklga oid darslarni davom ettiramiz..

"The" names of places.

Qit'a, davlat, shahar nomlarida "the" qo'yilmaydi:
Canada is a very large country - Kanada juda katta davlat.

Cairo is the capital of Egypt - Qohira Misrning poytaxti.

Joy nomlarining oldida Republic, States, Kingdom so'zlari kelsa "the" qo'yiladi:
The United States (of America) - Qo'shma Shtatlar.

Mahalla, ko'cha nomlariga "the" qo'yilmaydi:
Bobur lives in Tinchlik street - Bobur Tinchlik ko'chasida yashaydi.

Aeroport, vokzal, universitet, binolar nomlariga ham "the" qo'yilmaydi:
Munich Airport - Myunxen aeroporti.
(Airport, station kabi shahar nuqtalari nomsiz holda kelsa "the" qo'yilishini avvalgi darslarda o'rgandik).

Mehmonxona, restoran, kinoxona, teatr, muzey kabilar nomi bilan kelsa, "the" qo'yamiz:
The National Theatre - Xalq (yoki Milliy) teatri.

Okeanlar, dengizlar, daryolar, kanallar nomlariga "the" qo'yiladi:
The Pacific Ocean - Tinch okeani
The Mediterranean Sea - O'rta Yer dengizi.

Joy nomlari "of" (ning) bilan kelganda "the" qo'yiladi:
The bank of England - Angliyaning banki.

North - shimol, south - janub, east - sharq, west - g'arb, middle - o'rta so'zlari doim "the" bilan yoziladi:
I have been to the north of Italy but not to the south - Men Italiyaning shimolida bo'lganman, lekin janubida bo'lmaganman.

Joy nomlari ko'plikda kelsa ham "the" qo'yiladi:
The Philippines - Flippin orollari.

The Alps are mountains in central Europe - Alp tog'lari markaziy Yevropada joylashgan.

@Lugat_Inglizcha