Get Mystery Box with random crypto!

UCHSHODA Mendan yana olisladi baxt, Kiprigimda ingraydi jolam | Lirika.Uz



UCHSHODA

Mendan yana olisladi baxt,
Kiprigimda ingraydi jolam.
Ishq ezilar ko'tarolmay qad,
Samo uzra yetmayin nolam.

Xijron yana to'ladi kuchga,
Birlashmoqqa axd qilgan alam.
Diydor oni qolmoqda kechga,
Sog'inching- la dil bo'lar mashg'ul.

Ishq surati qalbingga ko'chgan,
G'arib dilning iddaosi shul.
Sensiz olib qolmog'im mushkul,
Yuragimda darz ketmoqda axd!

Dilorom Mo'minova

@LirikaUz