Get Mystery Box with random crypto!

Ayolni quchoqlab yig‘lashing xushdir, Arziydi artmasang ko‘zda | Lirika.Uz

Ayolni quchoqlab yig‘lashing xushdir,
Arziydi artmasang ko‘zda yoshingni.
Ayol — hasad bilmas bokira qushdir,
Bag‘ringga mehrday ketadi singib.

Kapalakday munis, armon, tashvishi
Hurkinib qo‘narkan kiftingga bir-bir
Ayolni quchoqlab yig‘lar er kishi,
Baxtin ato etsa ustivor taqdir.

Qari yoz jon berar uning poyida
Ochun ataganin aylaydi ro‘yob.
Ayol qimtinadi. Ko‘char joyidan —
Bilinar-bilinmas kuz solgan ro‘yo.

Uning xayolidan qushlar aslida
Begona yurtlarga ketmaslar bir kun.
Izillab yig‘laydi bahor faslida
Kaytmagan qaldirg‘och juftligi uchun.

Ardoqlagin, yutgin ko‘zlarda yoshin,
Ayol to‘dasidan ayrilgan qushdir.
Hayot g‘urbatlari egarkan boshing,
Ayolni quchoqlab o‘kinmoq xushdir.

Barnobek Eshpo'latov

@LIRIKAUZ