Get Mystery Box with random crypto!

Linguabarno

Telegram kanalining logotibi linguabarno — Linguabarno L
Telegram kanalining logotibi linguabarno — Linguabarno
Kanal manzili: @linguabarno
Toifalar: Bloglar , Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 51.10K
Kanalning ta’rifi

INGLIZ TILI OSON!
🎓 Cambridge universiteti tomonidan berilgan CELTA sertifikatiga ega xalqaro o’qituvchi
🚀 7 yillik tajriba, IELTS 8.0
📍Online kurslar @linguabarno_support
✅ Reklama @sardor_ads

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 13

2024-01-21 15:09:03 Ingliz tilida gapirishsa tushunasiz-u, ammo gapira olmaysizmi?

Unda ushbu qadamlarni bajarib mashq qiling va 30kundan keyin bugungi natijangiz bilan taqqoslang!

Lugʻat boyligingizni mavzulaahtirilgan holda oshiring: bir kun tabiat haqidagi, kegingi kun gadjetlar haqidagi, keyingi kun esa inson xarakterlari va hokazo mavzularda lugʻat yodlang. Video koʻrsangiz ham aynan bir mavzuda koʻring. Masalan: tabiat haqida lugʻat yodladingiz deylik. Videoni ham aynan tabiat mavzusida koʻring. Koʻrib boʻlgach xulosani ingliz tilida gapirib bering.

Gapirishingizdan oldin yozing. Nutqingizni va fikrlaringizni tartibga soling.

Idiomalar - iboralardan foydalaning. Kuniga 2tadan ibora oʻrgansangiz ham 1 haftada 14ta ibora oʻrgangam boʻlasiz. Bu esa nutqingizning ta’sirchanligini oshiradi.

Oʻzingiz bilan oyna qarshisida gaplashing. Bir qarashda kulgili ammo juda foydali.

Sizning nutqingiz oʻsishida qanday usullar yordam bergan?
Kommentariyada biz bilan oʻrtoqlashing!

@linguabarno
14.2K views12:09
Ochish/sharhlash
2024-01-19 14:27:32 “How are you?” savolining ekvivalentlari

How are you doing?

How have you been?

What is going on?

What’s new with you?

What’s up?

What are you up to?

How are the things going?

How are you feeling?

How’s it going?

How is everything?

Ushbu savollarning barchasi hol-ahvol soʻraganda ishlatiladi!

Ushbu savollarni yod oling!

@linguabarno
13.0K views11:27
Ochish/sharhlash
2024-01-17 18:24:28 Talaffuzni rivojlantirish uchun nima qilish kerak?

Oʻzingizga yoqqan kichik multfilm yoki kinodan 3-5 daqiqalik joyini oling va ovoz chiqarib takrorlang.

Diktant yozing!

Oʻzingiz uchun nutq yozing va ovozingizni chiqarib oʻqing.

Alfavitdagi har bir harflar talaffuzini You Tube orqali oʻrganib chiqing.

Lugʻatdan soʻz yodlaganingizda uning amerikancha va britancha talaffuzini talaffuz qilib koʻring.

Ushbu qoidalarni qoʻllab koʻring!

@linguabarno
17.7K views15:24
Ochish/sharhlash
2024-01-16 14:38:21 Og’zaki nutqda va qo’shiqlarda quyidagi so’zlar quyidagicha qisqartiriladi:


Gonna (Going to)

Wanna (Want to)

Kinda (Kind of)

Sorta (Sort of)

Lemme (Let me)

Gimme (Give me)

Gotta (Got to)

Dunno (Don't know)

Shoulda (Should have)

Woulda (Would have)

Outta (Out of)

'Cause (Because)
‘ Cuz (Because)

Ushbu soʻzlarni yod oling va kommentariyada gap tuzib qoldiring!

@linguabarno
13.9K views11:38
Ochish/sharhlash
2024-01-15 17:27:34 Reporting structures

Hozir men sizga oʻrgatmoqchi boʻlgan fe’llar koʻchirma gapda ifodalanayotgan fikr mazmuniga asosan quyidagi formulalarda ishlatiladi:


verb + infinitive with to

Agree (rozi boʻlmoq)

She agreed to do shopping with me.
(U men bilan bozorlik qilishga rozi bo’ldi)

verb + object + infinitive with to

Advise (maslahat bermoq)
Encourage (ruhlantirmoq)
Remind (eslatmoq)

My friend advised me to buy this gadget.
(Do’stim menga ushbu gadjetni sotib olishimni maslahat berdi)

verb + preposition + gerund (-ing)

Apologize for (kechirim so’ramoq)

He apologized for his being late.
(U kech qolganligi uchun kechirim so’radi)

Ushbu qoidalarni oʻzlashtiring va kommentariyada gap tuzib qoldiring!

@linguabarno
15.1K views14:27
Ochish/sharhlash
2024-01-11 16:19:16 Writing yozib boʻlgandan soʻng oʻzingizni tekshirishingiz kerak boʻladi, ammo qanday qilib?

Quyidagi bosqichlarda ushbu qadamlar haqida batafsil takidlab oʻtmoqchiman!

Mavzuga toʻgʻri yondashgan holda javob berdingizmi?

Matn yoki inshongiz paragraflarga ajratilganmi?
(Unutmang, 1ta gap 1ta paragraf boʻla olmaydi. Kamida 2ta gap boʻlishi kerak)

Fikrlaringizni kengroq ifodaladingizmi?

Grammatikani tekshirdingizmi?

Punktuatsiya - tinish belgilarni toʻgʻri ishlatdingizmi?

Orfografik (bosh, kichkina harflar yozilishi, soʻz yozilishi) xatolarni tekshirdingizmi?

Soʻzlarni oʻrnida ishlatdingizmi?

Berilgan talab asosida soʻzlar sonini sanab chiqdingizmi?

Ushbu savollar sizga oʻz yozma ishingizni samarali usulda tekshirishingizga yordam beradi!


@linguabarno
19.4K views13:19
Ochish/sharhlash
2024-01-05 11:54:14
1750 ta obunachi qo’shilsa Youtube da 200K bo’lamiz.

https://youtube.com/@linguabarno?si=k-nl5ZpdLOAuFeBG

Obuna bo’lib qo’ying!
15.5K views08:54
Ochish/sharhlash
2024-01-04 12:26:02 Yangi yilgi maqsadlarga erishish bo’yicha marafon startiga - 1 kun qoldi.

Ertaga 5 yanvar kuni sotuv yopiladi va marafonimizga start beriladi!

Bugun va ertaga - marafonga qo’shilib olish uchun oxirgi kunlar.

Narxi - 99.000 so’m.

https://linguabarno.uz/
15.4K views09:26
Ochish/sharhlash
2024-01-02 14:18:32 Yangi yilgi maqsadlarga erishish bo’yicha marafon startiga - 3 kun qoldi

5 yanvar kuni marafonimiz boshlanadi.
3 kundan so’ng marafonga qabul yopiladi!

Sizlarda hali yozilib olish imkoni bor.
Narxi - 99.000 so’m.

Biz marafon ishtirokchilari bilan bu yilga to’g’ri maqsadlar qo’yib olamiz, ularga erishish bo’yicha reja tuzamiz, rejalashtirishni o’rganamiz, kelajagimizni mukammal tasvirini yaratamiz.

2024 yilni ozingizni eng yaxshi yilingizga aylantiring!

Marafonga yozilish uchun quyidagi havola orqali o’ting

https://linguabarno.uz/
16.3K views11:18
Ochish/sharhlash
2023-12-29 19:03:36 Shunaqangi zo’r video joyladim!

Izoh qoldirganlardan biriga esa, videoda aytilgan sovg’a
18.9K views16:03
Ochish/sharhlash