Get Mystery Box with random crypto!

Ingliz tilida gapirishsa tushunasiz-u, ammo gapira olmaysizmi? | Linguabarno

Ingliz tilida gapirishsa tushunasiz-u, ammo gapira olmaysizmi?

Unda ushbu qadamlarni bajarib mashq qiling va 30kundan keyin bugungi natijangiz bilan taqqoslang!

Lugʻat boyligingizni mavzulaahtirilgan holda oshiring: bir kun tabiat haqidagi, kegingi kun gadjetlar haqidagi, keyingi kun esa inson xarakterlari va hokazo mavzularda lugʻat yodlang. Video koʻrsangiz ham aynan bir mavzuda koʻring. Masalan: tabiat haqida lugʻat yodladingiz deylik. Videoni ham aynan tabiat mavzusida koʻring. Koʻrib boʻlgach xulosani ingliz tilida gapirib bering.

Gapirishingizdan oldin yozing. Nutqingizni va fikrlaringizni tartibga soling.

Idiomalar - iboralardan foydalaning. Kuniga 2tadan ibora oʻrgansangiz ham 1 haftada 14ta ibora oʻrgangam boʻlasiz. Bu esa nutqingizning ta’sirchanligini oshiradi.

Oʻzingiz bilan oyna qarshisida gaplashing. Bir qarashda kulgili ammo juda foydali.

Sizning nutqingiz oʻsishida qanday usullar yordam bergan?
Kommentariyada biz bilan oʻrtoqlashing!

@linguabarno