Get Mystery Box with random crypto!

Ingliz tilida gapirishsa tushunasiz-u, ammo gapira olmaysizmi? | Linguabarno

Ingliz tilida gapirishsa tushunasiz-u, ammo gapira olmaysizmi?

Unda ushbu qadamlarni bajarib mashq qiling va 30kundan keyin bugungi natijangiz bilan taqqoslang!

Lugʻat boyligingizni mavzulashtirilgan holda oshiring: bir kun tabiat haqidagi, kegingi kun gadjetlar haqidagi, keyingi kun esa inson xarakterlari va hokazo mavzularda lugʻat yodlang. Video koʻrsangiz ham aynan bir mavzuda koʻring. Masalan: tabiat haqida lugʻat yodladingiz deylik. Videoni ham aynan tabiat mavzusida koʻring. Koʻrib boʻlgach xulosani ingliz tilida gapirib bering.

Gapirishingizdan oldin yozing. Nutqingizni va fikrlaringizni tartibga soling.

Idiomalar - iboralardan foydalaning. Kuniga 2tadan ibora oʻrgansangiz ham 1 haftada 14ta ibora oʻrgangam boʻlasiz. Bu esa nutqingizning ta’sirchanligini oshiradi.

Oʻzingiz bilan oyna qarshisida gaplashing. Bir qarashda kulgili ammo juda foydali.

Sizning nutqingiz oʻsishida qanday usullar yordam bergan?

@linguabarno