Get Mystery Box with random crypto!

Salom doʻstlar Hamma ingliz tili oʻqituvchilari til oʻrganuv | Linguabarno

Salom doʻstlar

Hamma ingliz tili oʻqituvchilari til oʻrganuvchilariga doimo ingliz tilida oʻylash kerakligi haqida aytishadi. Ammo qanday qilib???

Keling, bugun sizlar bilan aynan mana shu haqida gaplashamiz.

Ingliz tili ichiga shoʻngʻing. Avvalo ishingizni telefoningiz tilini ingliz tiliga oʻgirishdan boshlang.

100% tushunmasangiz ham ingliz tiliga qulogʻingizni moslashtiring. You Tubedan oʻzingizga yoqqan videolarni tezligini pasaytirib ko’ring.

Har kuni biror mavzuda nutq soʻzlashga odatlaning. Albatta vaqtga qoʻyish esingizdan chiqmasin.

Turli xil mavzularda oʻzingiznu sinang. Ya’ni psixologiyaga qiziqsangiz faqat psixologik video yoki matnlar emas, balki zoologiyaga, kosmosga, anatomiya va hokazo sohalarga doir mavzularni ham oʻrganib koʻring.

Soʻzlarni donalab emas jumlasi yani birikmasi bilan yodlang.

Xato qilishdan qoʻrqmang va uyalmang! Qancha xato qilsangiz bu siz oʻzingiz ustingizda ishlay olishingiz uchun shuncha imkoniyat demakdir.

Ushbu tiplarni bajarib koʻring! Nima deb oʻylaysiz sizga ingliz tilida savol berilganda avval uni oʻzbek tilida oʻylab keyin tarjima qilib javob berasizmi yoki bu jarayon sizda avtomatlashganmi?

Kommentariyaga yozib qoldiring!

@linguabarno