Get Mystery Box with random crypto!

​HOMILADORLIK DAVRIDA AYOLLARIMIZGAGA MASLAXATLAR | LIFEUZ 24

​HOMILADORLIK DAVRIDA AYOLLARIMIZGAGA MASLAXATLAR

1. Asabiylashishga olib keladigan vaziyatlardan saqlaning. Xomilador ayol stress (janjalli, nizoli xolatlar, ortikcha jigibiyron boʻlishdan saklanishi kerak. Chunki kattik sikilish okibatida xomila tushishi yoki muddatdan oldin tugish xavfi yuzaga keladi. Uy yoki ishdagi noxushliklarga koʻp eʼtibor bermaslikka odatlaning. Buning uchun uzingizni tinchlantirib maxsus autotrening mashklarini bajaring. Kunduzgi uyku xomilador ayol uchun juda foydaliligi unutmang.

2. Yetarli darajada suyuqlik iching: toza, tabiiy sharbatlar (2 dona yashil olma yoki qizil sabzini qirgʻichdan oʻtkazib suvini siqib oling), och damlangan choy, oʻrik va naʼmatak qoqisidan damlama tayyorlab ichishga odatlaning. Toksikozni oldini olish uchun ertalab nahorga bir dona qurt yoki bir piyola qaynagan iliq suvni kechqurundan karavotingiz oldiga qoʻyib qoʻying. Ertalab uygʻonishingiz bilanoq, boshni koʻtarmasdan suvni iching, qurtni shimib yuring.

3. Kun davomida yengil, jismoniy mashqlar bajaring.

4. Taomnomangiz vitamin , oqsillarga boy boʻlishi kerak. Goʻsht mahsulotlari, pishloq, sut-qatiq, tuxum, tvorog, mevalardan olma, anor, nok, uzum juda ham foydali boʻlib dasturxoningizda albatta boʻlishi kerak.

5. Ichak va oshqozon yaxshi ishlashi uchun har kuni 1 piyoladan qatiq ichish kerak.

6. Oʻzingizni issiqdan saqlang (vannani toʻldirib choʻmilmang, saunaga bormang, faqat har kuni yotishdan oldin va ertalab tik turib dush qabul qiling), qattiq sovuqqotishdan ham oʻzingizni asrang.

7. Havosi dim, issiq tamaki chekilgan joylarda oʻtirmang.

8. Kuniga 2 mahal, bir soat davomida oʻng yonboshingizda yoting, bu ichaklar ishini yaxshilab, ich qotishdan saqlaydi.

9. Siydik pufagini tez-tez boʻshatib yuring. Bir nimani bahona qilib siydik pufagini toʻldirib yursangiz bachadon qisqarib homila tushishi xavfi boʻladi..

10. Dorilarni faqatgina shifokor tavsiyasiga koʻra qabul qiling. Umuman bu davrda dorilarni kamroq ichmoq maʼqul.

11. Uy hayvonlari (mushuk, kuchuk) bilan muloqotdan saqlaning. (Ulardan homilador ayollar uchun xavfdi hisoblangan toksoplazmoz kasalligiga chalinish mumkin!).

12. Kompyuterda ishlash vaqti haftasiga –20 soatdan oshmasligi zarur!

13. Jamoat transporti (avtobus, metro, tramvay) dan kamroq foydalaning, yaxshisi shu 9 oy ichida choʻntagingiz taksini koʻtarmasa, marshrut avtobuslarga chiqing.

14. Homiladorlik davrida har xafta qon bosimingiz va vazningizni oʻlchating.

15. Homiladorlik paytida jinsiy aloqa bilan shugʻullanish homila tushishi xavfi boʻlmasa mumkin.

16. Albatta ayollar maslahatxonasiga borib, tibbiy koʻrikdan oʻting.

17. Homiladorlik davrida qon oqishi, bel va qorin pastida ogʻriq, tana harorati koʻtarilsa darhol shifokorga murojjat eting.

18. Homiladorlik davrida ayol tanasidagi qon hajmi 2 barobar koʻpayadi. Agar homilador ayol meʼyordan ortiq qahva ichsa ayni kerak paytda organizmidagi suyuqlikni yoʻqotadi. Natijada esa bola vazni kam boʻlib tugʻilishi mumkin

@lifeuz24

https://www.instagram.com/p/CTMs57jjnOx/?utm_medium=copy_link