Get Mystery Box with random crypto!

#hayot Ishdan bir oyga ta’til oldim. Bir tanishim shaxsiy Hol | Daniya kundaligi🇩🇰🇺🇿

#hayot

Ishdan bir oyga ta’til oldim. Bir tanishim shaxsiy Holiday money (ta’til puli) borligi va uni olishimni aytdi. Bu kunlar oylarga taqsimlanib beriladi. Kasab uyishmasi saytidan ko’rsam o’tgan bir necha oy ichida tahminan 9 kunlik ta’til kunim bor ekan va shu kunlar uchun yaxshi pul to’landi.
Undan tashqari har yili tax-return ya’ni soliqlarni qaytarish ham bo’ladi. Unda sizdan olingan soliqlarning miqdori hisoblanib qanchadir miqdori yana qaytarib beriladi.
Davlatda nisbatan adolat va kuchli ijtimoiy tizim bo’lgani uchun fuqorolar hayotidan mamnun va hukumatga ishonishadi. Qizig’i shuki, shu kungacha dunyoning eng rivojlangan davlatlaridan kelgan insonlar bilan gaplashdim va ular ham xatto Daniyadan ketishni xoxlashmas ekan. Buni pull factor (o’ziga tortuvchi omil) deydi siyosiy istilohda….

https://t.me/lifeindenmark00