Get Mystery Box with random crypto!

​​Yangi Yil tabrigi: Har bir inson hayoti davomida nimanidir | Yamakasi

​​Yangi Yil tabrigi:

Har bir inson hayoti davomida nimanidir qidirib yashaydi. Kimdir nima izlayotganini aniq biladi, kimdir esa yõq. Asosiysi, qidirayotgani uning ich-ichida yashiringan, faqat insongagina xos qandaydir tushunarsiz bõshliqni tõldirishini istaydi.

Kimdir bu bõshliqni foniy hayotning zavq-shavqlari bilan tõldirishga urinadi, kimdir ilohiy boqiylikka yuzlanadi, boshqa birov yuksak tuyğularga murojaat qiladi, kimdir ilm-fan ummonidan suv olib, quyadi. Har kimning bu borada, ulkan tanlovsizlik ichra, tanlovlari bor.

Har ne bõlganda ham, xoh yangi yilda, xoh undan keyin keladigan yangi yillarda izlayotganlaringni topishinglar va nazarda tutilgan bõshliqni yopishinglar tilakdoshiman. Yangi Yilingiz qutluğ bõlsin, tanish-u notanishlar.