Get Mystery Box with random crypto!

​​“Xotira va qadrlash kuni” muborak bo’lsin! Yaxshi insonla | Legal Jobs

​​“Xotira va qadrlash kuni” muborak bo’lsin!

Yaxshi insonlarni xotirlash, ularning xalqimiz uchun qilgan yaxshiliklarini qadrlash uchun alohida kun kerak emas. Biz xotirjamlikda o’tkazayotgan har kunimizda Yaratganga hamdlar aytib, tinchligimiz sababchilaridan minnatdor bo’lishimiz lozim!

Shunday bo’lsa ham, 2-jahon urushi davrida Vatan sha’nini, xalq farovonligini himoya qilgan ajdodlar ruhini yodga olish maqsadida, 9-mayni “Xotira va qadrlash kuni” sifatida nishonlaymiz!

Bugun shu sana munosabati bilan, Legal Jobs jamoasi butun xalqimizni muborakbod etadi! Barchangizga sog’lik, uzoq umr va farovon hayot tilaymiz! Tinchligimizga ko’z tegmasin!

Bu kunda qahramonlarimizni har doimgidan ko’proq yodga olaylik, osmonimiz musaffoligi uchun ko’proq shukronalar qilaylik! Mustaqilligimiz abadiy bo’lsin!