Get Mystery Box with random crypto!

Samarali xodimlar qanday aniqlanadi? Korxonadagi ish jarayo | Legal Jobs

Samarali xodimlar qanday aniqlanadi?

Korxonadagi ish jarayoniga katta samara bilan taʼsir oʻtkazuvchi xodimlar — har qanday rahbarga kerakli insonlar hisoblanishadi. Bunday mutaxassislar bilan ishlash uchun biror lavozimga xodimni tanlab olish jarayoniga eʼtibor berish lozim.

Agar nomzod:

Avvalgi ish joyida yaxshi natijalar koʻrsatgan boʻlsa;
Kompaniyaga keltirgan foydasini tom maʼnoda “gʻalaba” deb qabul qilsa va bunday gʻalabalar “taʼmini” yaxshi tushunsa;
Jamiyatda, ish joyida, hayotida birovlarga foydasi tegmay qolishidan xavotirlansa;
Qiyinchiliklardan qoʻrqmasdan, yakuniy natija tomon intilsa, bilingki, undan yuqori samaradorlikni kutish mumkin!

Shunday ekan, xodim tanlash jarayonida yuqoridagi kriteriyalarni aniqlab beruvchi bosqichlar (sinovlar)ni joriy qilish maqsadga muvofiq.

Kompaniyangiz uchun eng yaxshi xodimlarni jalb qilish, ularning motivatsiyalarini koʻpaytirish va malakalarini oshirish masalalarini Legal Jobs jamoasiga ishoning. Legal Jobs — eng yaxshi nomzodlar eng yaxshi kompaniyalar uchun!