Get Mystery Box with random crypto!

LEGAL MIND

Telegram kanalining logotibi legal_mind — LEGAL MIND L
Telegram kanalining logotibi legal_mind — LEGAL MIND
Kanal manzili: @legal_mind
Toifalar: Qarzlar, soliqlar va qonunlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 771
Kanalning ta’rifi

Law student from Namangan living in Tashkent
• Fikr erkinligi
• So'z erkinligi
• Plyuralizm

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-12-31 21:17:47 2023chi yil uchun o’zingizga bitta katta sovg’a qiling. Facebook yoki Instagramga kirib accountingizni o’chiring.

Foydasi yo’qligi uyoqda tursin, zarari ko’proqligini bilasizku.

“Account deleted” degan confirmationni screenshot qilib commentda tashlang. Ko’ramiz, nechi kishining “duxi” yetar ekan
317 views18:17
Ochish/sharhlash
2022-12-29 22:09:20 ​​Yangi yilni yomon xabarlar bilan qarshi olishga to'g'ri kelmoqda. Ushbu postda Farm Mafiya haqida qisqacha fikrlarimni bildirmoqchiman.

Bir iflos tug'ruqxona rahbarini (hozir ishdan haydalgan) aniq fakt va dalillar orqali tanqid qilib, shuni ortidan tuni bilan uyga kelmay, boshim muammodan chiqmay qolgani haqqi, bu tizimdan xabarim bor va bu haromxo'rlarni uncha-muncha "kattalar" ham to'xtata olmaydi. Virusga o'xshaydi. Virusdek tarqalgan. Shu sabab, umumiyroq holda yozaman, to'g'ri tushunasiz.

Dok-1 Maks atrofida bo'layotgan fojea — hozircha 19 nafar bolakayning o'limi, bu aysbergning bizga ko'rinib qolgan qismidan bir parcha xolos. Doriga "o'tirib qolgan" jamiyat esa inson salomatligini biznesga aylantirgan sharafsizlar oqibatida yuzaga keldi.

Narkobiznesdan farqli ravishda, farmmafiya "samimiy hayvonsifatlar" bilan to'lgan. Tirjayib "kiydirishadi". Oddiy "apteka"dan tortib, "obl bolnitsa"gacha mana shunday kimsalar tiqilib yotibdi. Bugun bir nechta dorixonalarga borib, o'zim o'ylab topgan dorini so'ragandim. Deyarli barcha farmasevt qidirishga tushdi. "Tugagan shekilli" degan javob ham oldim. Tushunyapsizmi? Farmasevt? Do'kondagi sotuvchi emas u, shu sohada o'qigan, oq-qorani ajrata olishi kerak bo'lgan, dardini ko'tarib kelgan insonga aniq ma'lumot va maslahat berishi shart bo'lgan farmasevtlar shunday qilmoqda. Yig'lagim keldi.

O'z kasbining ayrim fidoiy va professionallariga hurmatni saqlagan holda aytaman, men O'zbekiston sog'liqni saqlash tizimi hatto ta'lim tizimidan ham abgor ahvolda ekanligiga, chalasavod shaxslar qo'lida qolib ketganiga, eng ko'p pul aylanadigan biznes maydonga aylanib borayotganiga va afsuski bu orqali oddiy aholini qo'rqinchli holatga olib kelayotganiga yuz foiz ishonaman. Bu borada oldin ham qator ijtimoiy eksprimentlar ham qilib ko'rganman.

Afsuski, jabrdiyda odatdagidek, xalq — biz. Soqqani bosib, hech narsa bo'lmagandek yashayotganlar esa o'sha sharafsizlar. Tfu!
366 views19:09
Ochish/sharhlash
2022-12-29 17:37:21 Mana bu xatni o'qiganimdan keyin bir narsani yozmoqchiman.

Noyabrda o'zimning onam biroz shamollash bilan da'volanish uchungina bir hafta kasalxonada dori-ukol oldilar. Cho'zib o'tirmayman, u yerda berilgan qaysidir noto'g'ri dori yoki ukol tufayli onajonimga reaksiya bergan. Kasalxonadan bosh og'rig'i bilan olib tushdik. Ukol nojo'ya ta'sir qilganini xususiy klinikada tekshirish orqali aniqladik. Allahga shukur, onamning sog'liklari joyida hozir.

Nima demoqchiman, davlat kasalxonalariga, ularda ishlaydigan shifokorlarga endi umuman ishonmayman. Rasmiy 19 ta, aslida esa undan ham ko'p bolalar shu tizim tufayli halok bo'ldi.

Bu fojealarga asosiy aybdorlar yuqoridan kulib qarab turibdi. Bizda farmatsevtika mafiyasiga uncha-munchasini tishi o'tmaydi. Vafot etgan bolalar aslida iqtisodchi Behzod Musaev rahbarlik qiladigan sog'liqni saqlash tizimining xatosi.

Yaxshisi, kasal bo'lmang!


@legal_mind
345 views14:37
Ochish/sharhlash
2022-12-26 19:28:51 Bir-biriga mos degan jumla — bu kamchiliksiz, orzudagi ideal shaxs degani emas. Agar hayotda ideallik muhim bo'lganida mukammal juftlik degan ta'rifni bergan bo'lardik. Qo'shimcha, "uzukka ko'z qo'ygandek" iborasini eshitgansiz. Buning ma'nosi ham bir-biriga yarashgan, mos degani. Shunda ham biri uzuk, biri ko'z bo'lgani uchun e'tirof etilyapti.

Sizga aytsam uni tanlashda dunyolarimiz, hayot tarzimiz va fikrlashimiz o'xshashligi rol o'ynagan.

Puzzle ( ) o'yinini o'ynaganingizda e'tibor berganmisiz, bir-biriga mos bo'laklar birlashib, o'rnini to'ldirgandagina san'at asari yoki kutilayotgan natija paydo bo'ladi. Hayotda ham shunday: kimgadir ko'ngil bermoqchimisiz — kamchiliklar-u yutuqlari(ngiz) bilan bir butun bo'lakka aylana olsangiz gazini bosing.


Keraksan
@legal_mind
405 views16:28
Ochish/sharhlash
2022-12-25 19:17:22 Maktab davrida bir narsaga hayron bo'lardim. Barcha dars xonalari sovuq bo'lardi lekin darvoza yonidagi qorovulxona doimo issiq turardi, oynalari parlanganini ko'rardim. Ba'zi domlalar darsi yo'q vaqti o'sha yerda o'tirardi. Sinf sardori bo'lganim uchun jurnalni olib borish bahona qorovulxona issiqligini bilardim. Eng qiziq tomoni uning isishi maktab pullari hisobiga edi. Bu pullar esa bizdan "ремонтга" deb yig'ilardi doim.

Kecha jiyanlarimni suhbatini oldim. Biri maktabga 1 haftadan beri bormayapti ekan, ikkinchisi esa hali dars qoldirmagan. Maktab xonalari issiqmi yoki sovuqmi degan savolimga, xonalar sovuq — komissiya keladigan bo'lsa radiatorlar yoqiladi va zamdirektor kirib xonalarimiz doimo issiq denglar deb chiqib ketadi dedi.

Sezdimki, 10 yil oldingi ta'lim ham, hozirgisi ham o'sha-o'sha — rasvo. Yuqoridagi keysdan ko'rinadiki: biz yoshlarni ko'zbo'yamachalikka o'rgatyapmiz. Hozir komissiyaga yaxshi ko'rinish uchun yolg'on gapirgan avlod ertaga katta bo'ladi. Huddiki Shavkat Mirziyoyev tashrifi kutilgan hududlar asfalt bosilib, zo'r holatga keltirilib keyin dabdalasi chiqib ketayotgani kabi. Ikkalasi ham yolg'ondan iborat. Komissiya ham, Prezident ham "hammasi zo'r" degan illuziyani ko'radi.

SSSR davridan meros qolgan va hozirgacha davom etayotgan maddohkorona tizimdan voz kecha olmaymiz. Uyimizga kelgan mehmonga "hammasini zo'r" ko'rsatgan oilalardan yetishib chiqqan bolalar maktabda ham shu ishni qiladi. Undan keyin hokimlar, vazirlar aldanadi. Oxirida prezident yolg'on spektakllarni ko'radi.

"Dunyo — bu teatr, odamlar esa aktyorlardir" degan gapni Shekspir bizni eski va yangi O'zbekistonimiz uchun aytgan, shekilli. Ha, biz eng yaxshi aktyorlarmiz, rejissyorlarimiz esa rahbarlar, hokimlar, davlat odamlari. Eng katta rejissyor ham biladi bu soxtaliklarni.

Sovuq xonada hech kimni darsda o'tirgisi kelmaydi. Farzandlarni maktabga borishga majburlamaylik. Shamollasa yana o'sha sovuq kasalxonalarga olib borasiz baribir.


Yuqoridagilar bu aytganlarimni o'ylamaydi, chunki ularning farzandi xususiy maktablardagi issiq xonalarda ta'lim oladi.

@legal_mind
2.4K viewsedited  16:17
Ochish/sharhlash
2022-12-24 13:44:58 ​​Hayotimizda ko'plab insonlarni uchratamiz lekin ularning juda oz qismi bilan yaqin aloqalarni o'rnatamiz. O'qishga kirganimda birinchi bo'lib do'stlashgan qadrdonim kechagina IELTSdan natijani yorvordi.

Overall — 8.0) Eng quvonarlisi writing bo'limidan — 7.5 ni zabt etdi. Bitta narsani “по секрету” aytaman: reading va listeningdan 8.5-9 natija olish bu bolaga yong'oq chaqishdek gap, o'zim ko'p ko'rganman. Kanaliga kirsangiz speechlaridan ham bahramand bo'lishingiz mumkin, bahoni o'zingiz berasiz.

Hozirgi kunda diqqatni jamlagan holda bajarilgan ishlarni bahosi eng yuqori bo'lgan zamonda yashayapmiz. Qanday dars qilishini, o'z ustida ishlashini va qat'iyatini ko'rib tan bergan kamsonli insonlardan biri.

Aslida tolibi ilm degan shunday bo'lishi kerak: himmati oliy, bir narsaga kirishdimi erishmaguncha tinmaydigan, ikkinchi bo'lishga rozi bo'lmaydigan. Shu hislatlarni Ismoiljon G'ulomovda ko'rishingiz mumkin.

Bilasiz, sizlarga eng yaxshisini ulashishga harakat qilaman. Sahifasiga a'zo bo'lsangiz faqat foyda olasiz:

IELTS with Gulomoff:)

@legal_mind
358 views10:44
Ochish/sharhlash
2022-12-23 22:49:10 Boshqa davlatlarda:
Maktabgacha ta'lim vazirligi + xalq ta'limi vazirligi = ta'lim vazirligi

Bizda:
Maktabgacha ta'lim vazirligi + xalq ta'limi vazirligi = maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Boshqa davlatlarda:
Madaniyat vazirligi + sport vazirligi + turizm vazirligi = madaniyat vazirligi

Bizda:
Madaniyat vazirligi + sport vazirligi + turizm vazirligi = madaniyat va turizm vazirligi shuningdek yoshlar siyosati va sport vazirligi


Buyruqda ma'muriy organlarni qo'shib yuborib qisqartiringlar deyilgani uchun biznikilar A+B=AB deb nomlangan o'zbek modelini fanga kiritishdi, shekilli.

@legal_mind
1.2K viewsedited  19:49
Ochish/sharhlash
2022-12-22 22:46:26 Masalanda

Bugun: u tug'ilgan kun

Hozir: hatto ikki qator tabrik yozish ortiqcha, vaqti keladi

Ta'rif: begonalar ichida eng qadrlisi, vaqt o'tib esa eng yaqinlisi

U: beg'ubor, bo'rondagi eng yoqimli tomchi

Be in the muhafizun of Allah!
376 views19:46
Ochish/sharhlash
2022-12-22 21:46:59 Ingliz tilida "maturity" — o'zimizda ulg'ayish yoxud katta odam bo'layotganingizning belgilari:

1. Boshqalar bilan o'zingizni solishtirishni to'xtatasiz;

2. Boshqalarni o'zgartirishga harakat qilishni o'zingizni o'zgartirishga almashtirasiz;

3. Haqiqiy baxt materialistik narsalar (mashina, ikki etajli uy, pul hkz) da emasligini tushunasiz;

4. Atrofingizdagi barchaning o'z nuqtai nazari bo'yicha haq ekanligini anglaysiz;

5. Hech kimsiz qolib uzoq-uzoq jimlikda fikrlashni boshlaysiz;

6. Siz "keraklilaringiz" bilan "xohishlaringiz"ni farqlay boshlaysiz va "xohishlardan" tiyilasiz;

7. Insonlarni ular qanday bo'lsa shundayligicha qabul qilasiz.

@legal_mind
1.4K viewsedited  18:46
Ochish/sharhlash
2022-12-21 12:09:40 Toshkent, poytaxt deysizlar-u bitta jamoat transportida tartib yo'q. Avtobus va metroda ayollar va erkaklar alohida bo'lsin desa diskriminatsiya, chet elliklar dumalab kuladi degan vajlarni keltiryapsizlar.

Bilasizmi, bizni Namanganda avtobuslarni orqa eshigi erkaklar uchun, oldi eshik esa ayollar uchun degan stereotip shakllangan. Qat'iy bir qoida emas, xalqni mustaqil xohish-irodasi shu. Endi tushuntirib beraman: avtobusga chiqishda agar bo'sh bo'lsa oldi yoki orqa eshikmi farqi yo'q chiqib olaverasiz. Faqat erkak kishi bo'lsangiz joyingiz orqa tarafda, ayol kishi bo'lsangiz oldi tarafda bo'ladi.

Erkak kishi kassaga to'lovda orqa eshikdan tushib oldi eshikdan shafyorga pulni uzatib yuboradi, hech qanday vaqt ketmaydi. Bilasizmi, bizdagi avtobuslar poytaxtdagidan kam to'lmaydi ya'ni zichlik va tiqilinch ancha yuqori. Keyin bizda hali mersedes rusumli avtobuslar yo'q, hammasi eski UzAutodan chiqqan avtobuslar(noqulaylikni tasavvur qilishingiz uchun aytyapman).

Eng muhimi erkak kishi sifatida man ham, avtobusdagi ayollar ham o'zini qulay his qilib ketadi ya'ni to'rtta tomonidan erkaklar o'rab olmaydi(poytaxtdagidek).

Avtobusda ayollar tarafga o'tish biz uchun uyat hisoblanadi. Adashmasam, 8-sinfligimda birinchi marta avtobusga chiqib ayollar ichida qolib ketganman va shu shu manga katta dars bo'lgan. Bu tartib-taomilni mas'ul tashkilotlar joriy etmagan, aholining o'z an'anasi desak ham bo'ladi.

Inson huquqlari, ayollarga zo'ravonlik deb iddao qiladiganlar nega shu masalada jim? Poytaxtdagi feministlarimiz nega qarshi chiqishyapti? Ayollar uchun qayg'uradiganlar yuqoridagi (erkak-ayol alohida ketishi) g'oyani ilgari suryapti. Yaxshiyam, bizni qizlarimiz, ayollarimiz erkakka suyanib ketishni o'ziga ep ko'rmaydi, hozircha.


Pashshadan fil yasab muhokama qilavermay shartta vodiy tajribasiga o'tish kerak, tamom. Yana qaysi viloyatlarda shunday?

@legal_mind
1.9K viewsedited  09:09
Ochish/sharhlash