Get Mystery Box with random crypto!

Ayollarning islom dinidagi o'rni Afsuski, ko'p musulmonlar b | LEGAL MIND

Ayollarning islom dinidagi o'rni

Afsuski, ko'p musulmonlar bunga parvo qilmaydilar. Qur'oni karimda kelgan avvalgi ummatlar qissasi, hadis va siyrat kitoblarini o'qigan inson islom ummatini barpo etishda ayollarning o'rni muhim bo'lganini anglab yetadi.

Alloh taolo insoniyat ichidan buyuk ayollarni yetishtirib, o'z diniga ular bilan yordam bermaganda biz e'tiqod qilayotgan bu din bizgacha yetib kelmasdi.

Faktlar:
1. Birinchi bo'lib Muhammad sollallohu alayhi vasallamning risolatlariga iymon keltirgan zot — Xadicha bintu Xuvaylid roziyallohu anho.

2. Islomdagi ilk shahid ayol — Sumayya bintu Habbot roziyallohu anho.

3. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oxirgi lahzalarini birga o'tkazib, bag'rida jon bergan zot — Oisha bintu Abu Bakr roziyallohu anhumo.

4. Musulmonlar qiblasi bo'lmish Makkada hayot boshlanishiga sababchi shaxs — Xojar alayhassalom edilar.

5. Tarixdagi eng katta tog'ut Fir'avnga qarshi chiqqan ayol — Osiyo bintu Muzahim alayhassalom edi.

6. Bir necha yillik xorlik va zaiflikdan keyin ummatning yangitdan tashkil etishning avvalgi qadamlari sababchisi — Muso alayhissalomning onalari edi.

Madina davrida ayollar islom jamiyatidan ajralib qolishmagan. Hozirgi paytda esa ba'zilar ayollarni jamiyatdan ajratib qo'yishmoqda. Aksincha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davrlarida ayollar ishlashar, ilm olishar va ta'lim berishar edi. Madina davlatida ayollar mustaqil tasarruf etadigan mol-mulki va boyligiga ega bo'lishgan. Sovchi qo'ygan shaxsga rozilik yoki rad javobini berishda mutlaq hurriyatga ega edilar. Eri bilan baxtli yashay olmagan ayollar ajralishni talab qilishda ham katta huquqlarga ega bo'lganlar.

@legal_mind