Get Mystery Box with random crypto!

Jamiyat faqat erkaklardan iborat emas Disclaimer: Bu postni y | LEGAL MIND

Jamiyat faqat erkaklardan iborat emas

Disclaimer: Bu postni yozishimdan maqsad islom davlatlarida ayollar huquqi, erkinligi cheklanishi din bilan emas shaxslar bilan bog'liq muammo ekanligini bildirmoqchiman. Tabiiyki, diniy pozitsiyadan fikrlar bo'ladi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qizlarni qoldirib, bor e'tiborni faqat o'g'il bolalarga qaratmaganlar. Balki mehr-muhabbat va tarbiya qanotlari barchani birdek qamrab olgan. Bunga qo'shimcha ravishda u zot alayhissalom Arabistondagi johiliyat qarashlarga qarshi kurashganlar (qizaloqlarni tiriklay ko'milishi).

Bir hadisda o'qidim, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam barchaning oldida qiz nabiralarini ko'tarib namoz o'qigan ekanlar.(Buxoriy va Muslim rivoyati) Qayerda ko'targanlar? Eng muhim ish bo'lgan namozda! Ehtimol, ana shu kichik qizaloqni ko'tarib turib arab qabilalari va dunyo podshohlariga maktub yo'llashni xohlagandirlar.

Shuningdek, ko'plab hadislarda qiz bolani e'zozlash, unga to'g'ri tarbiya berish zarurligi qattiq uqtirilgan. Bu orqali qiz bola kelajak hayoti va taraqqiyotidan faol shaklda o'z o'rniga ega bo'ladigan kuchli ayolga aylanadi. Bir hadislarida ikki qiziga to balog'atga yetguncha g'amxo'rlik qilgan kishi qiyomat kunida u zot bilan birga bo'lishini ochiq-oydin aytganlar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hayotlari davomida insoniy taraqqiyotni barpo qilishda ishtirok etadigan, bashariyat rivojini yuksaltirishda sherik bo'ladigan kuchli avlod poydevorini shakllantiradigan to'g'ri jamiyatga asos solishga qattiq harakat qilardilar. Ayol ham jamiyatning yarmini tashkil etadi. Ba'zida undan-da ko'proq qismiga ham ta'sir o'tkazadi. Hozirgi davrda rivojlangan davlatlarning taraqqiyotida ayollarning katta o'rni bor.

Sog'lom jamiyatlar rivojlanishi uchun barcha o'z kuch-imkoniyatidan kelib chiqib, birgalikda mehnat qilishi kerak. Yer yuzi erkaklarning mulki bo'lganidek ayollarning ham mulkidir. Ayol kishi o'zga sayyoradan kelgan yot mavjudot emas. Ayol ham huddi erkakdek inson jinsiga mansub. Unda ham ruh, aql, sezgi organlari, o'y-fikrlari, o'zi xohlagan ishni mustaqil hal qilish huquqi bor. Ayollar va erkaklar teng huquqlidir. Har birining o'z tabiatiga muvofiq bo'lgan ayrim ishlarda Alloh taolo ularning orasini ajratgan narsalardan tashqari erkak va ayol bir-biridan farq qilmaydi. Buning qisqacha izohi hadisda: “Ayollar erkaklarning tug'ishganlaridir

Davomi...
@legal_mind